Javob
Ozbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 115-moddasiga muvofiq, Soliq tolash majburiyatiga ega bolgan soliq tolovchi uni tolashga doir tolov topshiriqnomasini xizmat korsatuvchi bankka ozining bank hisobvaragida pul mablaglari bor-yoqligidan qatiy nazar, ushbu Kodeksda belgilangan tolov muddatidan kechiktirmasdan taqdim etishi shart. Soliq kodeksining 273-moddasiga muvofiq, soliq tolovchilar hisobot oyidan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmasdan qoshilgan qiymat soligi boyicha tolovlarni amalga oshirishlari belgilab qoyilgan. Ozbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksining 175-moddasida, tolov intizomini buzgan tadbirkorlik subyektlari mansabdor shaxslariga nisbatan javobgarlik belgilangan. Ushbu moddaning 6-bandida Soliq tolovchi tomonidan byudjetga va davlat maqsadli jamgarmalariga soliqlar hamda boshqa majburiy tolovlarni tolash uchun tolov topshiriqnomasini xizmat korsatayotgan bankka taqdim etmaslik yoki oz vaqtida taqdim etmaslik bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boladi. Mazkur huquqbuzarlik mamuriy jazo chorasi qollanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan on baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boladi. Hurmatli soliq tolovchilar Soliq majburiyatlaringiz boyicha tolov topshiriqnomalarini xizmat korsatuvchi bankingizga oz vaqtida taqdim etishni unutmang. Soliq organi insofli soliq tolovchining biznes hamkori