O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi soliq qo‘mitasi sizni davlat soliq xizmati organlaridagi
bo‘sh ish o‘rinlariga taklif qiladi.
Davlat soliq xizmati organlariga ishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasining
Mehnat kodeksi va Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat soliq xizmati organlari
faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” nizomga muvofiq
amalga oshiriladi.
Davlat soliq xizmati organlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari (vakant lavozimlar) to‘g‘risidagi
ma’lumotlar:
- “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat
kompleksidan foydalangan holda “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining
yagona ochiq portali” (vacancy.argos.uz) dasturiy-apparat kompleksiga;
- Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytiga va
ijtimoiy tarmoqlardagi e’lon sahifalariga joylashtiriladi.
Ehtiyojdan kelib chiqib, ommaviy axborot vositalari va
davriy nashrlarda joylashtirilishi ham mumkin.
Yoshi, millati, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy
va mansab mavqeyidan qat’iy nazar, o‘zlarining kasbiy, ishbilarmonlik, shaxsiy va
axloqiy fazilatlar hamda ma’lumot darajasiga ega, shunindek, davlat fuqarolik xizmati
lavozimini egallash huquqi qonunchilik bilan cheklanmagan va tegishli lavozimni
egallash uchun malaka talablariga javob beradigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari
davlat soliq xizmati organlariga ochiq mustaqil
tanlov orqali ishga qabul qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun telefonlar:
(71) 244-98-17
(71) 244-202-32-82