Soliq to‘lashni
kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati manfaatdor shaxsga quyidagi
asoslardan loaqal bittasi mavjud bo‘lgan taqdirda berilishi mumkin:
1. Ushbu
shaxsga tabiiy ofat, texnologik falokat yoki boshqa bartaraf etib bo‘lmaydigan
holatlar natijasida zarar yetkazilganligi;
2. budjetdan
moliyalashtirilishi ko‘zda tutilgan yoki ko‘rsatilgan xizmatlar haqining to‘lovlari
kechiktirilganda;
3. manfaatdor
shaxs soliqni bir yo‘la to‘lashi oqibatida uning nochorligi (bankrotligi) alomatlari
paydo bo‘lishi xavfi yuzaga kelganligi;
3.1.
manfaatdor shaxs faoliyatni uch yildan ortiq vaqtdan buyon amalga
oshirayotganligi hamda hisoblangan soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab kelganligi,
ammo moliyaviy ahvoliga ko‘ra soliq qarzini belgilangan muddatlarda to‘lash
imkoniyatiga ega bo‘lmaganligi;
3.2.
agar manfaatdor shaxs (tadbirkorlik sub’ekti) Soliq Kodeksi 101-moddasining birinchi
qismiga binoan soliq to‘lashni kechiktirish huquqi to‘g‘risidagi xabarnomani
yer uchastkalari, binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilgan kundan e’tiboran uch oy ichida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti
orqali yer uchastkalari, binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan
o‘tganligining qayd raqamini va sanasini ko‘rsatgan holda soliq organlariga yuborgan
bo‘lsa;
3.3. agar oʻtgan yil yakunlari boʻyicha jami daromadi oʻn milliard soʻmdan oshmagan shaxs soliq qarzi yuzaga kelgan sanadan eʼtiboran bir oy ichida soliq organlariga soliqlarni boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi toʻgʻrisida xabarnoma yuborgan boʻlsa. Mazkur tartib qoʻshilgan qiymat soligʻi va foyda soligʻi toʻlovchilariga nisbatan qoʻllaniladi (ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan koʻproq boʻlgan yuridik shaxslar, yer qaʼridan foydalanuvchilar va aksiz toʻlanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchilar bundan mustasno);
4.
jismoniy shaxsning mulkiy holati (qonunchilikka muvofiq undiruv qaratilishi
mumkin bo‘lmagan mol-mulk hisobga olinmaganda) soliqni bir yo‘la to‘lash
imkoniyatini istisno etishi;
5. tovarlar
yoki xizmatlarni ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilish mavsumiy xususiyatga
ega bo‘lsa.
6.
O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar olib o‘tilishi
munosabati bilan bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan to‘lanishi
lozim bo‘lgan soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash
imkoniyatini berish uchun asoslar mavjud ekanligi.
Agar
1,
3 - 6 - bandlarida
ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lganda, soliqni to‘lashni kechiktirish yoki
bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati quyidagilarga berilishi mumkin:
1)
yuridik shaxsga — uning sof aktivlari qiymatidan oshmaydigan summaga;
2)
jismoniy shaxsga — uning mol-mulki qiymatidan oshmaydigan summaga, bundan
O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin
bo‘lmagan mol-mulk mustasno.
Yuridik
shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqni hisobga olish joyidagi soliq
organiga yozma, shu jumladan soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali
xabarnoma yuborib, soliq auditi natijalari bo‘yicha qo‘shimcha hisoblangan
soliqlar summalarini, shuningdek moliyaviy sanksiyalarni tekshiruv
materiallarini ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan soliq organi tomonidan qabul
qilingan qaror kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy mobaynida teng ulushlarda
to‘lashga haqli.
Agar
soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati 1 yoki
2-bandlarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha berilgan bo‘lsa, qarz summasiga
foizlar hisoblanmaydi.
Agar soliqlarni boʻlib-boʻlib toʻlash ushbu modda ikkinchi qismining 3.3-bandida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha taqdim etilgan va soliq qarzi boʻyicha boʻlib-boʻlib toʻlash kalendar yil davomida bir marta foydalanilgan boʻlsa, foizlar olti oy davomida ham hisoblanmaydi.
Agar
soliqni to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati 3,
3.1, 4, 5 va 6-bandlarida va (yoki) to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra
berilgan bo‘lsa, kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash davrida amalda bo‘lgan
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasiga teng
stavkadan kelib chiqqan holda, 3.2-bandi bo‘yicha soliqlarni to‘lash kechiktirilgan
kundan e’tiboran qarz summasiga nisbatan O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki
qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizi miqdorida foizlar hisoblanadi.
3.2-bandida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra foizlar soliqlarni to‘lash kechiktirish
bo‘yicha qarz summasiga nisbatan kechiktirish davrida amalda bo‘lgan O’zbekiston
Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foiziga teng
stavkadan kelib chiqqan holda hisoblanadi. Bunda, soliqlarni manfaatdor shaxs tomonidan
to‘lashni kechiktirishning amal qilish muddati soliq organiga xabarnoma yuborilgan
sanadan e’tiboran hisoblab chiqariladi, kechiktirilgan soliqlar summasi esa, muddati
tugagan oyidan keyingi oyidan boshlab kechiktirish muddati tugaganidan so‘ng amal
qilish muddati tugagan sanadan e’tiboran kechiktirilgan soliq summasi hisoblangan
foizlar bilan birga teng ulushlarda o‘n ikki oy ichida to‘lanadi.
Soliqlarni
to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish tartibi
Soliq kodeksining 101-moddasida keltirilgan.
1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
Barcha soliq turlariga
36 oygacha bo‘lgan muddatga.
2. O’zbekiston
Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi
- qo‘shilgan qiymat solig‘i
- aksiz solig‘i
- foyda solig‘i
- jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i
- yer qa’ridan foydalanganlik uchun
soliq turlariga
12 oygacha bo‘lgan muddatga.
3. Mahalliy davlat
hokimiyati organlari
- aylanmadan olinadigan soliq
- suv solig‘i
- mol-mulk solig‘i
- yer solig‘i turlariga
24 oygacha bo‘lgan muddatga.
4. O’zbekiston
Respublikasining bojxona qo‘mitasi
bojxona orqali tovar olib o’tganda to’lanadigan soliqlar bo’yicha
12 oygacha bo‘lgan muddatga.
Yuzaga kelgan soliq qarzi to‘lanmagan
yoki to‘liq to‘lanmagan taqdirda Soliq kodeksining 60, 114, 115, 120, 121 hamda 123-moddalariga
asosan, hududiy davlat soliq organi tomonidan quyidagi choralar ko‘riladi:
- soliqni
to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasi mustaqil ravishda tijorat bankiga yuborilmagan
bo‘lsa, soliqni to‘lash uchun belgilangan muddat tugagandan so‘ng uch ish kunidan
kechiktirmay parallel ravishda soliq organining inkasso topshiriqnomasi soliq to‘lovchining
hisobvarag‘iga (shu jumladan, korporativ kartalardagi pul mablag‘lariga) qo‘yiladi
va soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma soliq to‘lovchiga yuboriladi.
- soliq
qarzini undirish birinchi navbatda milliy valyutadagi talab qilib olguncha depozit
hisobvaraqlaridan, bunday hisobvaraqlarda yetarli mablag‘ bo‘lmagan taqdirda esa
– chet el valyutasidagi talab qilib olguncha depozit hisobvaraqlaridan amalga oshiriladi,
bunda qarzdorning muddatli depozit mablag‘lariga ham undiruv qaratiladi;
- soliq
to‘lovchining tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan yoki bajarilgan ishlardan
oladigan tushumi (mulklari, boshqa daromadlari) boshqa shaxslarning bankdagi hisobvaraqlariga
kelib tushgan bo‘lsa, soliq to‘lovchining soliq qarzi sud orqali ushbu shaxslardan
undiriladi;
Tan
olingan soliq qarzi bo‘yicha soliq qarzini uzish to‘g‘risida talabnoma olingan kundan
boshlab (talabnoma yuborilgan kundan boshlab 10 kalendar kun ichida e’tiroz bildirilmaganda
tan olingan hisoblanadi):
- 15 kalendar
kunidan keyin soliq organi qarori asosida qarzdorga tegishli mol-mulklar xatlanadi;
- 60 kalendar
kunidan keyin soliq qarzini qarzdor mol-mulki hisobidan undirish to‘g‘risida soliq
organining qarori ijro organiga yuboriladi.
Tan olinmagan
soliq qarzi bo‘yicha soliq qarzini uzish to‘g‘risida talabnoma olingan kundan boshlab:
- 15
kalendar kunidan keyin qarzdorga tegishli mol-mulklarni xatlash to‘g‘risida sudga
ariza kiritiladi;
- 60
kalendar kunidan keyin soliq qarzini qarzdor mol-mulki hisobidan undirish to‘g‘risida
sudga ariza kiritiladi.
- qayd
etilgan choralardan tashqari qarzdor zimmasiga soliq qarziga qo‘shimcha ravishda
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining shu davrda amalda bo‘lgan qayta moliyalash
stavkasining uch yuzdan biriga teng miqdorda penya va sud xarajatlarini ham to‘lab
berish yuklatiladi;
- vaqtinchalik moliyaviy qiyinchilik sababli
soliq qarzini to‘lash imkoni bo‘lmagan insofli soliq to‘lovchilarga Soliq kodeksining
11-bobida belgilangan tartibda soliqlarni to‘lash muddatlarini o‘zgartirish imkoni
berilishi mumkin.