Hududiy
organlar

Soliq qo'mitasi

Markaziy apparat

...
  • Toshkent shahar, A.Qodiriy ko‘chasi 13a-uy
  • (71) 244-98-98 Ishonch telefoni
    (71) 244-98-98 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • org@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Andijon viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (74) 223-95-23 Ishonch telefoni
    (74) 223-95-23 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • andijon@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Buxoro viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (65) 221-26-89 Ishonch telefoni
    (65) 221-26-89 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • buxoro@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Jizzax viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • 72 222-07-00 Ishonch telefoni
    72 222-07-00 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Jizzax@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qashqadaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (75) 225-10-82 Ishonch telefoni
    (75) 225-10-82 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qashqadaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Navoiy viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Navoiy shahar, Navoiy ko‘chasi, 27-b uy
  • (79) 223-53-71 Ishonch telefoni
    (79) 223-53-71 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Navoiy@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Namangan viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (69) 227-91-96 Ishonch telefoni
    (69) 227-91-96 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Namangan@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Samarqand viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • 55 704-06-16 Ishonch telefoni
    55 704-06-16 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Samarqand@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Surxondaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Termiz shahar, M.Kahhor ko‘chasi, 23-uy
  • (0-376)-223-50-74 Ishonch telefoni
    (0-376)-223-50-74 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Surxondaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Sirdaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Guliston shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 41-uy
  • (67) 235-03-42 Ishonch telefoni
    (67) 235-03-42 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • sirdaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent shahar

Soliq boshqarmasi

...
  • (71) 244-54-86 Ishonch telefoni
    (71) 244-54-86 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (78) 150-49-56 Ishonch telefoni
    (78) 150-49-56 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent_vil@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Farg‘ona viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (73) 241-70-61 Ishonch telefoni
    (73) 241-70-61 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • fargona@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Xorazm viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Urganch shahri Islom Karimov ko‘chasi, 124-uy
  • (62) 223-10-10 Ishonch telefoni
    (62) 223-10-10 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • xorazm@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qoraqalpog'iston Resp.

Soliq boshqarmasi

...
  • Nukus shaxar. T.Qaypbergenov ko‘chasi, 23-uy
  • (61) 222-00-33 Ishonch telefoni
    (61) 222-00-33 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qoraqalpogiston@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Hududlararo inspeksiyasi

Soliq boshqarmasi

...
  • Toshkent shahri, Xadra mavzesi, Alisher Navoiy ko‘chasi, 16-B
  • 71 202-21-04 Ishonch telefoni
    71 202-21-04 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • mri@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Soliq tekshiruvlari


    • Yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga asosan soliq tekshiruvlari uch turga boʼlindi:

      1) kameral soliq tekshiruvi;

      2) sayyor soliq tekshiruvi;

      3) soliq auditi.







         Kameral soliq tekshiruvi — soliq toʻlovchi (soliq agenti) tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotini, moliyaviy hisobotni, shuningdek soliq toʻlovchining faoliyati toʻgʻrisida soliq organida mavjud boʻlgan boshqa hujjatlar hamda maʼlumotlarni tahlil qilish asosida soliq organi tomonidan oʻtkaziladigan tekshiruv hisoblanadi.

      Kameral soliq tekshiruvida quyidagi soliq nazorati tadbirlarini oʻtkazish taqiqlanadi, bundan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasining oʻrnini qoplash (qaytarish) maqsadida oʻtkaziladigan kameral soliq tekshiruvi mustasno:

      1) soliq toʻlovchining hududiga kirish;

      2) soliq toʻlovchining hududini va binolarini koʻzdan kechirish;

      3) soliq toʻlovchidan hujjatlarni talab qilib olish va uni chaqirtirish;

      4) soliq toʻlovchining hujjatlari va buyumlarini olib qoʻyish.

          Tekshiruvdan oldingi tahlil:

          Soliq organlari kameral soliq tekshiruvi oʻtkazilishi boshlanguniga qadar tekshiruvdan oldingi tahlilni oʻtkazishi mumkin.

          Tekshiruvdan oldingi tahlil — taqdim etilgan soliq hisobotini va soliq toʻlovchining faoliyati toʻgʻrisidagi boshqa axborotni soliq organlari tomonidan axborot tizimlaridan foydalangan holda, soliq toʻlovchining ishtirokisiz oʻtkaziladigan avtomatlashtirilgan tahlildir.

          Tekshiruvdan oldingi tahlil soliq organi rahbarining (rahbar oʻrinbosarining) buyrugʻisiz amalga oshiriladi.

          Agar tekshiruvdan oldingi tahlil chogʻida soliq organi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotida soliq organida mavjud boʻlgan maʼlumotlar bilan tafovutlar va (yoki) xatolar aniqlansa, soliq toʻlovchiga soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali soliq hisobotiga tegishli tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi xabarnoma yuboriladi.

          Soliq toʻlovchi tegishli tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi xabarnoma olingan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki aniqlangan tafovutlarning asosnomasini taqdim etishi shart. Bunday majburiyatning bajarilmaganligi soliq organi tomonidan soliq toʻlovchida kameral soliq tekshiruvini tayinlash uchun asos boʻladi.

          Tekshiruvdan oldingi tahlil aniqlashtirilgan soliq hisoboti yoki aniqlangan tafovutlar asosnomasi soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan yoxud kameral soliq tekshiruvi tayinlagan sanadan eʼtiboran yakunlangan hisoblanadi.

          Kameral soliq tekshiruvi quyidagi hollarda oʻtkaziladi:

          Soliq xavfini boshqarish tizimi asosida aniqlangan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi sodir etilganligi xavfi mavjudligida;

          Soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotida tafovutlar yoki xatolar aniqlanganda.

          Soliq organlari quyidagi hollarda ham kameral soliq tekshiruvini oʻtkazishga haqli:

          Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarining buzilishi holatlari haqida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari soliq organiga tushganda;

          Soliq toʻlovchi tomonidan oldin taqdim etilgan soliq hisobotiga nisbatan toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasini kamaytiradigan yoki koʻrilgan zarar summasini koʻpaytiradigan aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilganda.

          Kameral soliq tekshiruvi daʼvo muddati oʻtmagan soliq davrlariga nisbatan oʻtkazilishi mumkin.

          Soliq monitoringi oʻtkazilayotgan soliq (hisobot) davriga nisbatan kameral soliq tekshiruvi oʻtkazilmaydi.

          Kameral soliq tekshiruvi soliq organi joylashgan joyda amalga oshiriladi, bundan soliq toʻlovchining hududlarini va binolarini koʻzdan kechirish bilan bogʻliq holatlar mustasno.

          Agar soliq toʻlovchi tomonidan avval hisoblangan soliq summasi oʻzgartirilib, kameral soliq tekshiruvi tugagunga qadar oʻn kun oldin aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilsa, kameral soliq tekshiruvi ushbu taqdim etilgan aniqlashtirilgan soliq hisobotini hisobga olgan holda oʻtkaziladi.

          Kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish

          Kameral soliq tekshiruvi soliq organi rahbarining (rahbar oʻrinbosarining) buyrugʻi asosida oʻtkaziladi.

          Kameral soliq tekshiruvining umumiy muddati oltmish ish kundan oshishi mumkin emas.  

      Agar soliq toʻlovchi kameral soliq tekshiruvi tugaguniga qadar soliq summasi oʻzgartirilgan aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etsa, kameral soliq tekshiruvi taqdim etilgan aniqlashtirilgan soliq hisobotini hisobga olgan holda oʻtkaziladi.

          Agar oʻtkazilgan kameral soliq tekshiruvi yakuni bilan taqdim etilgan soliq hisobotida tafovutlar va (yoki) xatolar aniqlangan boʻlsa, soliq organi soliq toʻlovchiga soliq hisobotlariga tuzatishlar kiritish talabnomasini yuboradi.

          Soliq hisobotiga tuzatishlar kiritish haqida talabnoma yuborilgan sana kameral soliq tekshiruvi tugatilgan sana hisoblanadi. Agar oʻrganish va tahlil qilish yakunlariga koʻra tafovutlar va (yoki) xatolar aniqlanmagan boʻlsa ham kameral soliq tekshiruvi yakunlangan hisoblanadi.

          Soliq toʻlovchi tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi talabnoma olingan kundan eʼtiboran besh kun ichida tegishli soliqlar va yigʻimlar boʻyicha aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoxud tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan holda aniqlangan tafovutlarning asosnomasini taqdim etishi shart.

          Soliq toʻlovchi soliq organining tegishli talabnomasida koʻrsatilgan, aniqlangan tafovutlarning asosnomasi sifatida soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasini taqdim etishga haqli. Soliq toʻlovchining nomidan bunday asosnomani soliq maslahatchilari tashkiloti soliq toʻlovchi bilan tuzilgan shartnoma asosida mustaqil ravishda taqdim etishi mumkin.

          Soliq toʻlovchining taqdim etgan asosnomasi tegishli hujjatlar (asosnomalar) olingan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida soliq organining rahbari (rahbari oʻrinbosari) tomonidan koʻrib chiqiladi.

          Aniqlangan tafovutlar boʻyicha taqdim etilgan asosnomalariga toʻliq yoki qisman rozilik berilgan taqdirda, soliq organi ilgari yuborilgan talabnoma bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirish xatini yoxud soliq hisobotiga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi aniqlashtirilgan talabnomani soliq toʻlovchiga yuboradi.

          Agar soliq toʻlovchi aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etmasa (shu jumladan aniqlashtirilgan talabnomadan keyin), yoxud aniqlangan tafovutlar boʻyicha asosnomalarni taqdim etmasa, yoki u taqdim etgan asosnomalar yetarli emas deb topilsa, soliq organi soliq toʻlovchiga soliq auditini tayinlashga haqli.

          Agar soliq (hisobot) davri uchun soliq monitoringi oʻtkazilayotgan boʻlsa, bunday davr uchun kameral soliq tekshiruvi oʻtkazilmaydi. Mazkur qoida soliq monitoringi muddatidan oldin tugatilganda qoʻllanilmaydi.

          Qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi oʻrnini qoplashga nisbatan kameral soliq tekshiruvi soliq toʻlovchi tomonidan soliq davri uchun soliq hisoboti taqdim etish chogʻida soliq organlari qoʻshilgan qiymat soligʻining salbiy summasi oʻrnini qoplash (qaytarish) toʻgʻrisida xabardor qilingan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida soliq organining buyrugʻisiz, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi oʻrnini qoplashga nisbatan kameral soliq tekshiruvi natijalariga koʻra soliq hisobotiga oʻzgartishlar kiritish haqidagi talabnoma yozib berilmaydi.

          Qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini qoplashga nisbatan kameral soliq tekshiruvi natijalariga koʻra soliq organlari ushbu summani qoplash toʻgʻrisidagi qaror yoxud ularni qoplashni rad etish (toʻliq yoki qisman) toʻgʻrisidagi asoslantirilgan qaror qabul qiladi. 


      Sayyor soliq tekshiruvi — soliq organlari tomonidan soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash sohasida soliq to‘lovchilarning ayrim majburiyatlarini, shuningdek, soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlarini bajarish bo‘yicha o‘tkaziladi. Unda hisobga olish hujjatlarining, tovar-moddiy qimmatliklar va pul mablag‘lari harakatining, shuningdek, soliq to‘lovchining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa axborotning tahlili o‘tkaziladi.

      Sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditi Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni xabardor qilgan holda amalga oshiriladi, davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslarni tekshirish bundan mustasno.

    •     Sayyor soliq tekshiruvida quyidagilar amalga oshiriladi:

      • soliq to‘lovchilar tomonidan aholi bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishda savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalariga rioya etilishini, shu jumladan, nazorat-kassa texnikasi va hisob-kitob terminallarining qo‘llanilishini tekshirish;
      • profilaktika tadbirlarini o‘tkazish;
      • soliq to‘lovchining tekshiruv bilan bog‘liq, shu jumladan, elektron axborot jismlarida saqlanadigan hisob hujjatlari va axborotni talab qilib olish va o‘rganish;
      • soliq to‘lovchining hududlari va binolarini, shuningdek, hujjatlar va buyumlarini, shu jumladan, soliq to‘lovchi daromad olish uchun foydalanadigan yoxud soliq solish obyektlarini saqlash bilan bog‘liq joylarni ushbu Nizomning 6-bobi 3-paragrafida belgilangan tartibda ko‘zdan kechirish;
      • videotasvirga olish moslamalaridan majburiy foydalangan holda mustaqil ravishda nazorat xaridini amalga oshirish;
      • asosiy vositalar, tovar-moddiy boyliklar, pul mablag‘lari va hisob-kitoblarni inventarizatsiyadan o‘tkazish;
      • soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlar hisobga qo‘yilishi ustidan soliq nazoratini amalga oshirish;
      • xronometraj ko‘zdan kechirishni o‘tkazish;
      • sotilayotgan tovarlar narxini va ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqini sunʼiy ravishda oshirish yoki pasaytirishni tekshirish;
      • soliq to‘lovchi ishchi-xodimlari haqiqiy sonining ularning soliq hisobotidagi aks ettirilgan soniga muvofiqligini tekshirish;
      • bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini tekshirish;
      • yer qaʼridan foydalanuvchi soliq to‘lovchilar tomonidan haqiqatda qazib olingan foydali qazilmalar hajmini tekshirish;
      • banklar tomonidan soliq to‘lovchilarning to‘lov topshiriqnomalari va soliq organlarining inkasso topshiriqnomalari o‘z vaqtida bajarilishini tekshirish;
      • valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rezidentlar va norezidentlar tomonidan rioya etilishi yuzasidan tekshiruvlarni amalga oshirish;
      • aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish;
      • avtotransport vositalarida tashilayotgan tovarlarga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan tovar-kuzatuv hujjatlari mavjudligini tekshirish. 
      •     Sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
      • soliq xavfini boshqarish tizimi orqali aniqlangan, soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish xavfi mavjudligi;
      • jismoniy yoki yuridik shaxslarning soliq yoxud valyuta to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlari to‘g‘risidagi murojaatlari, shu jumladan, tovarlar va xizmatlarning narxini asossiz oshirib yuborish holatlari to‘g‘risida, yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalari bilan tashish bo‘yicha noqonuniy tadbirkorlik faoliyati;
      • ommaviy axborot vositalarida soliqqa va valyutaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi maʼlumotlar eʼlon qilinganda;
      • o‘tkazilayotgan kameral soliq tekshiruvini xolisona amalga oshirish maqsadida qo‘shimcha maʼlumotlar olish zarurati yuzaga kelganda;
      • valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish jarayonida soliq organi yuborgan so‘rovnomaga soliq to‘lovchi tomonidan hujjatlar yoki axborot taqdim etilmagan yoxud to‘liq taqdim etilmaganda;
      • sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shuningdek, boshqa davlat organlari va tashkilotlaridan soliq va valyutaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida dalolat beruvchi axborot tushganda.

          Sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazish davri

          Sayyor soliq tekshiruvi soliq organi rahbarining (o‘rinbosarining) buyrug‘i asosida o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi. Sayyor soliq tekshiruvini tayinlash to‘g‘risidagi buyruqda ko‘rsatilgan sana ushbu tekshiruvni o‘tkazish muddatining boshlanishi deb hisoblanadi.

          Sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruqda soliq to‘lovchining nomi, tekshiruvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi hamda lavozimi, tekshiruvlarni o‘tkazish muddati va maqsadlari, Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimidagi ro‘yxatga olish raqami ko‘rsatiladi. Davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, noqonuniy faoliyat yuritayotgan jismoniy shaxslar faoliyati bo‘yicha sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruqda soliq to‘lovchining nomi va Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimidagi ro‘yxatga olish raqami ko‘rsatilmaydi.

          Sayyor soliq tekshiruvi natijalarini rasmiylashtirish

          Sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasi ikki nusxada tuziladi va soliq organi mansabdor shaxslari hamda soliq to‘lovchi tomonidan imzolanadi.

          Sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasining bir nusxasi soliq to‘lovchiga dalolatnoma bilan tanishib chiqib, uni olganligi va sanasi ko‘rsatilgan imzosi orqali topshiriladi.

          Soliq to‘lovchi sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasini olishdan bosh tortganda, soliq tekshiruvi dalolatnomasiga tegishli yozuv kiritiladi va uning bir nusxasi soliq to‘lovchiga soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti yoki pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi.

          Sayyor soliq tekshiruvi davomida soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishi holatlari aniqlangan taqdirda, aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar bo‘yicha ish yuritish Soliq kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda moliyaviy sanksiyalar Soliq kodeksining
      28 va 29-boblarida nazarda tutilgan miqdorlarda belgilanadi va pul undirish (jarimalar) tarzida qo‘llaniladi.



          Soliq auditi – bu yuqori darajada riskka tushgan soliq toʼlovchi tomonidan soliq qonunlariga rioya etilishini har tomonlama oʼrganish hisoblanib, soliqlarni toʼlashdan boʼyin tovlash xavfi omillarini tahlil qilish asosida tanlangan soliq toʼlovchilarga nisbatan oʼtkaziladi.

          Tahlika omillari tahlili natijalari asosida tanlab olingan soliq toʼlovchilarda soliq auditi barcha soliq va yigʼimlar boʼyicha, shuningdek bitta yoki bir nechta soliqlar boʼyicha oʼtkazilishi mumkin. Bu toʼgʼrisida buyruqda koʼrsatiladi.

          Zarurat tugʼilganda, soliq auditini oʼtkazadigan mansabdor shaxslar, soliq auditini tayinlagan soliq organining buyrugʼiga binoan, tekshirilayotgan soliq toʼlovchi faoliyati bilan bevosita bogʼliq boʼlgan boshqa soliq toʼlovchining faoliyatida sayyor soliq tekshiruvi oʼtkazish tashabbusi bilan chiqishga haqli.

          Soliq auditi oʼtkazilishi to'g'risida habardor qilish

          Soliq organlari soliq auditi oʼtkazishga nomzod boʼlgan soliq toʼlovchilarga kamida oʼttiz kalendar kun oldin soliq auditi oʼtkazilishi toʼgʼrisida xabarnoma yuboradi.

      Lekin, soliqlarni toʼlashdan boʼyin tovlash belgilari mavjud boʼlgan hollarda, soliq organi Davlat soliq qoʼmitasi bilan kelishgan holda soliq auditini xabarnoma yubormasdan amalga oshirish huquqiga ega.

Asosiy ko'rsatkichlar

Barchasini ko'rish

Soliq idoralariga murojaatlar

2024-yil III chorakda Yagona raqamga qilingan murojaatlarga berilgan javoblar bo‘yicha qo'yilgan baholar
  • 1 baho
  • 2 baho
  • 3 baho
  • 4 baho
  • 5 baho
Barchasini ko'rish
Fikringizni qoldiring
Powered by GSpeech

Eng muhim yangiliklarni birinchi bo'lib olishni xohlaysizmi? Bildirishnomalarga obuna bo'ling!

Bizga xabar yuboring