Davlat soliq xizmati organlariga ishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Davlat soliq xizmati organlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari (vakant lavozimlar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar:
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan foydalangan holda “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (vacancy.argos.uz) dasturiy-apparat kompleksiga joylashtiriladi.
Yoshi, millati, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, mansab mavqeyidan qat’iy nazar, o‘zlarining kasbiy, ishbilarmonlik, shaxsiy va axloqiy fazilatlar hamda ma’lumot darajasiga ega, shunindek, davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash huquqi qonunchilik bilan cheklanmagan va tegishli lavozimni egallash uchun malaka talablariga javob beradigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari davlat soliq xizmati organlariga ochiq mustaqil tanlov orqali ishga qabul qilinadi.
Bo‘sh ish o‘rinlari (vakant lavozimlar)ga ishga kirish uchun tanlovda ishtirok etish Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali (vacancy.argos.uz) orqali amalga oshiriladi.
Har bir lavozim bo‘yicha majburiyatlaridan kelib chiqib malaka talabi belgilanadi.
Har bir vakant lavozimga alohida malaka talablari belgilanadi.
Malaka talablariga mos kelmagan va (yoki) test sinovidan muvaffaqiyatli oʻta olmagan nomzodlar ishga qabul qilinmaydi.
Nomzodlardan:
-Iqtisodiyot, buxgalteriya, bank-moliya yoki soliq sohasida oliy maʼlumot;
-Buxgalteriya hisobi, soliq hamda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining soliqqa oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlari boʻyicha yuqori bilim va koʻnikma;
-Davlat tili va chet tili (rus, ingliz tili)ni mukammal bilish, ingliz tilini bilgan nomzodlarga alohida eʼtibor qaratiladi;
Kompyuter dasturlaridan yuqori darajada foydalana olish talab etiladi.
Ayrim hollarda soliq organlariga xizmatga boshqa sohalarda oliy maʼlumotga ega boʻlgan, korxonalar va alohida tarmoqlarga soliq solish va ularning moliyaviy faoliyatini tahlil qilish sohasida zarur bilimlarga ega boʻlgan xodimlar qabul qilinishi mumkin.
Shuningdek:
- Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan;
- jinoyat sodir etganligi uchun ilgari sudlangan fuqarolar ularga nisbatan jazo qoʻllanilganligidan, sudlanganlik holati tugallanganligidan yoki olib tashlanganligidan va amnistiya akti qoʻllanilganligidan qatʼi nazar (ehtiyotsizlik orqasida, shu jumladan, mansab mavqeini suiisteʼmol qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan fuqarolar bundan mustasno);
- belgilangan tartibda huquqiy layoqatsiz yoki huquqiy layoqati cheklangan deb eʼtirof etilgan;
- mehnat haqidagi qonunlarga muvofiq ilgari ish beruvchining tashabbusi bilan davlat soliq xizmati organlaridan boʻshatilgan (Ish joyining qisqarishi oqibatida boʻshatilgan holatlar bundan mustasno), shuningdek, boshqa organ va tashkilotlardan obroʻsini toʻkadigan xatti-harakat sodir etganlik uchun boʻshatilgan shaxslar davlat soliq xizmati organlariga xizmatga qabul qilinmaydilar.
01.10.2024
Yoshi, millati, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy va mansab mavqeyidan qat’iy nazar, o‘zlarining kasbiy, ishbilarmonlik, shaxsiy va axloqiy fazilatlar hamda ma’lumot darajasiga ega, shunindek, davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash huquqi qonunchilik bilan cheklanmagan va tegishli lavozimni egallash uchun malaka talablariga javob beradigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari davlat soliq xizmati organlariga ochiq mustaqil tanlov orqali ishga qabul qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun telefonlar:
(71) 244-98-17
(71) 202-32-82