Javob
Ha, hozirda shunday imkoniyat yaratilgan va ushbu imkoniyatdan foydalanish ixtiyoriy. 4-5- ilovasida xarid qilingan tovarlar ishlar, xizmatlar reestri elektron hisobvaraq-fakturalar axborot tizimidan avtomatik ravishda yuklanadi. 4-ilova faqatgina 2-7-ustunlari QQS bilan sotib olingan tovarlar ishlar, xizmatlar EHFlari boyicha shakllanadi. Aholiga naqd pulga va plastik kartochkalar orqali xizmat korsatuvchi korxonalar tomonidan 5-ilova reestri hisobot taqdim etayotgan soliq tolovchining ozining STIRni qayd etilgan holda, elektron raqamli imzosi bilan bir tomonlama tasdiqlangan EHFlarning oy davomida tushumi jamlangan holda shakllanadi. 4-5-ilovalarni toldirishda etibor qaratish lozim bolgan jihatlaridan biri shuki, korxona qaysi hisobot davriga hisobot topshirayotgan bolsa osha hisobot davrida xarid qilingan va realizatsiya qilingan tovarlar ishlar, xizmatlar EHFlar malumotlar bazasidan faqat tasdiqlangan EHFlar olinadi. 4-5-ilovalar avtomatik shakllangach 1-2-3-ilovalar belgilangan tartibda toldiriladi hamda barcha ilovalar toldirilgandan song qoshilgan qiymat soligi hisob-kitob shakli avtomatik tarzda shakllanadi. Agar otib ketgan hisobot davri uchun EHF kiritilsa, osha davr uchun QQS hisobotiga qayta hisobot taqdim etish lozim boladi. Osha davr uchun QQSga qayta hisobot topshirmagunga qadar, undan keyingi oy davr uchun QQS hisoboti qabul qilinmaydi. Bojxona orqali mahsulotlar import qilinganda bojxona yuk deklaratsiyasidagi tovar qiymati, QQS summasi 4-ilovada avtomatik ravishda yuklanadi. 4-ilovadagi 8- va 9- ustunlar, yani hisobga olinmaydigan tovarlar qiymati va QQS summasini hisobotlarni shakllantirayotgan masul shaxs tomonidan qolda toldiriladi.