Hurmatli soliq toʻlovchi!
Soliq kodeksining 220-moddasiga koʻra soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaganlik uchun soliq toʻlovchi boʻlgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki soliq toʻlovchi boʻlgan jismoniy shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilishi belgilangan.
175-moddasi ikkinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganda yuridik shaxsning rahbari yoki yakka tartibdagi tadbirkor yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali maʼmuriy javobgarlikka tortilishi koʻrsatib oʻtilgan boʻlib:
- soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaganlik uchun yuridik shaxsning rahbariga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari yakka tartibdagi tadbirkorlarga – uch baravari miqdorida;
- soliqlar va yigʻimlarni toʻlash uchun toʻlov topshiriqnomasini xizmat koʻrsatayotgan bankka soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etmaslik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaslik bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻlishi mumkin.
Soliq toʻlovchilarga huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi qaror avtomat tarzda uning ishtirokisiz chiqariladi va uning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Soliq hisobotlarini hamda soliqlar va yigʻimlarni toʻlash uchun xizmat koʻrsatuvchi bankka toʻlov topshiriqnomasini oʻz vaqtida taqdim etishingizni eslatib oʻtamiz!
Maʼmuriy amaliyot boshqarmasi