shuningdek amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki moliya yilida boshlanadigan yoki tugaydigan o‘n ikki oygacha bo‘lgan istalgan davr mobaynida 183 kun yoki undan ko‘proq muddatda O‘zbekistonda turgan jismoniy shaxs O‘zbekiston Respublikasining rezidenti deb qaraladi.
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lmagan jismoniy shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi hududidagi manbalardan olingan daromadlar bo‘yicha soliq solinadi.
Xuddi shunday vaziyat xorijiy yuridik shaxslarni soliqqa tortishda ham yuzaga keladi. Shunday qilib, O‘zbekistonda ta’sis etilgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxs, shuningdek O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ro‘yxatdan o‘tgan, bosh korxonasi O‘zbekistonda joylashgan yuridik shaxs O‘zbekiston Respublikasining rezidenti hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lmagan yuridik shaxslarga O‘zbekiston hududidagi manbalardan olgan daromadlari (foydalari) bo‘yicha soliq solinadi.
Chet ellik jismoniy va yuridik shaxslardan soliqlar va yig‘imlarni undirish o‘zaro kelishuv asosida to‘xtatilishi yoki cheklanishi mumkin, basharti tegishli chet davlatda ham O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslariga nisbatan huddi shunday chora-tadbirlar ko‘rilgan bo‘lsa.
O‘zbekiston Respublikasidagi chet ellik investorlarning xorijiy sarmoyalari va boshqa aktivlari “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan himoya qilinadi va milliylashtirilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasidagi barcha korxonalar uchun belgilab qo‘yilgan bojxona va soliq imtiyozlari bilan bir qatorda to‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar jalb etayotgan quyidagi iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari uchun qator imtiyozlar mavjud:
Ushbu korxonalar asosiy faoliyati bo‘yicha daromad solig‘i, mol-mulk solig‘i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va hududlarni obodonlashtirishdan olinadigan soliq, ekologiya solig‘i, mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq, shuningdek Respublika yo‘l fondiga majburiy to‘lovlar to‘lashdan ozod etiladi.
Qayd etilgan soliq imtiyozlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri shaxsiy xorijiy sarmoyalar quyidagi hajmda jalb etilganda taqdim etiladi:
— 300 ming AQSh dollaridan 3 mln. dollargacha — 3 yil muddatga;
— 3 mln. AQSh dollardan 10 mln. dollargacha — 5 yil muddatga;
— 10 mln. AQSh dollaridan ortiq — 7 yil muddatga.
Xorijiy sarmoyadorlarga taqdim etiladigan qo‘shimcha kafolatlar va himoya choralari O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kafolatlar taqdim etilishi, investitsion loyihalarni moliyalashtirishda yordam ko‘rsatish, maxsus soliq va to‘lov rejimini yaratish, loyihalarni amalga oshirish ustidan davlat monitoringini o‘tkazish va qonunchilikka muvofiq boshqa chora-tadbirlar.
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga O‘zbekiston
Respublikasining investitsiya muhitini yaxshilash uchun kiritilgan o‘zgartish va
qo‘shimchalar
1. QQS stavkasi 15 foizdan 12 foizga pasaytirildi
2. Soliq to‘lovchining soliq hisoboti uning tanloviga
ko‘ra soliq organlari tomonidan tuzilishi mumkin.
3. O‘tgan yil yakunlari bo‘yicha jami daromadi o‘n
milliard so‘mdan oshmagan shaxs soliq qarzi yuzaga kelgan sanadan e’tiboran bir
oy ichida soliq organlariga soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi to‘g‘risida
xabarnoma yuborgan bo‘lsa, soliq to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash
imkoniyati manfaatdor shaxsga beriladi. Bunda foizlar olti oy davomida ham hisoblanmaydi.
4. Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnomani
bajarish muddatlari
60 kungacha (amalda 30 kun) uzaytirildi.
5. Qoplanadigan (qaytariladigan) qo‘shilgan qiymat
solig‘i summasining asosliligi yuzasidan kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish muddatlari
60 kundan 30 kunga qisqartirildi.
6. Doimiy muassasa orqali faoliyatini amalga oshiruvchi
norezident dividendlar tarzidagi daromadlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining
xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan pasaytirilgan soliq stavkasini Soliq kodeksning
357-moddasida ko‘rsatilgan tartibda qo‘llashga haqli. Agar O‘zbekiston Respublikasining
soliq solish masalalari bo‘yicha xalqaro shartnomasida dividendlar tarzidagi daromadlar
bo‘yicha bir nechta pasaytirilgan soliq stavkalari nazarda tutilgan bo‘lsa, ularning
eng kami qo‘llaniladi
6. 2023 yilning 1 yanvaridan boshlab norezidentning
montaj qilish va (yoki) ishga tushirish-sozlash xizmatlari va boshqa shunga o‘xshash
xizmatlarni ko‘rsatishini nazarda tutuvchi asbob-uskunalarni sotib olish (sotish)
uchun tashqi savdo kontrakti doirasida, ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati alohida
ko‘rsatilmasa, u holda norezidentning soliq solinadigan daromadi bunday xizmatlarning
bozor qiymatidan kelib chiqib aniqlanadi (ilgari – asbob-uskunalar qiymatining
20 foizi).
7. Foyda solig‘i bo‘yicha 0 darajali foiz miqdoridagi
soliq stavkasini soliq to‘lovchilar tovarlarni (xizmatlarni) eksport qilishdan olinadigan
daromadlar qismida qo‘llaydi, bundan faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga
oshiruvchi norezidentlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar mustasno
8. Foyda solig‘ining 15 foiz darajali soliq stavkasini
50 foizga pasaytirishga haqli:
2022 yil 1 sentabrdan keyin ilk marotaba soliq to‘lashga
o‘tgan aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar — soliq to‘lovchi soliq to‘lashga
o‘tgan yildan keyingi bir soliq davri mobaynida, basharti pasaytirilgan soliq stavkasi
qo‘llaniladigan soliq davrida soliq to‘lovchining jami daromadi o‘n milliard so‘mdan
oshmasa;
2022 yil 1 sentabrdan keyin jami daromadi joriy soliq
davri mobaynida ilk marta o‘n milliard so‘mdan oshgan soliq to‘lovchilar — joriy
soliq davri va keyingi soliq davri mobaynida, basharti pasaytirilgan soliq stavkasi
qo‘llaniladigan soliq davrlarida jami daromadi yuz milliard so‘mdan oshmasa.
9. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq hisoblashda temir bo‘yicha soliq stavkasi 5 foizdan 5 foizga qisqartirildi.
2024-yilda O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga O‘zbekiston Respublikasining investitsiya muhitini yaxshilash uchun kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar
1. Soliq turlari boʻyicha soliq stavkalari saqlab qolindi.
2. Da’vo qilish muddati 5 yildan 3 yilga qisqartirildi.
3. Kameral soliq tekshiruvi jarayonida quyidagilar taqiqlandi:
soliq toʻlovchining hududiga kirish;
soliq toʻlovchining hududini va binolarini koʻzdan kechirish;
soliq toʻlovchidan hujjatlarni talab qilib olish va uni chaqirtirish;
soliq toʻlovchining hujjatlari va buyumlarini olib qoʻyish.
QQSni qoplash (qaytarishda) oʻtkaziladigan kameral soliq tekshiruvi bundan mustasno.
4. Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilari safiga Oʻzbekiston Respublikasi realizatsiya qilish joyi deb eʼtirof etilgan taqdirda chet davlatlarning qonunchiligiga muvofiq tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtgan, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar ham qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi sifatida qoʻshildi.
5. Soliq kodeksining foyda soligʻini toʻlash toʻgʻrisdagi 340-moddasida foyda soligʻi boʻyicha har oyning 15 sanasidan kechiktirmay toʻlanadigan boʻnak toʻlovlarini toʻlashi lozim boʻlgan tadbirkorlik subyektlari daromadining chegaraviy miqdori 5 milliard soʻmdan 10 milliard soʻmga oshirilishi belgilandi.