O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasining Farg'ona soliq kolleji O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 14 iyuldagi 298-sonli "O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasining Soliq kollejini tashkil
etish to'g'risida" gi qaroriga binoan tashkil etilgan.
O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasining Buxoro va Farg'ona soliq kollejlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 4 maydagi 178-sonli "Buxoro va Farg'ona shaharlarida O'zbekiston Respublikasi Davlat
soliq qo'mitasining soliq kollejlarini tashkil etish to'g'risida" gi qaroriga binoan tashkil etildi.
Soliq kollejlari soliq mutaxassislarini ixtisoslashtirilgan tayyorlash tizimini takomillashtirish va O'zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmatini malakali kadrlar bilan ta'minlash maqsadida tashkil etildi.
Soliq kollejlari - bu o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari. Kollejda o'qish davlat ta'limi grantlari asosida kunduzgi shaklda olib boriladi. Kollejlarda o'qish muddati - 3 yil va soliq organlarida 1 yillik amaliy ish sinovlari. 11 yillik o'rta ma'lumotga ega bo'lgan abituriyentlar uchun (to'qqiz yillik o'rta ta'limning davlat ta'lim standartlari joriy etilgunga qadar) o'qish muddati mos ravishda 2 va 1 yilni tashkil qiladi.
Adres: | Farg'ona shahri, Farg'ona ko'chasi, 122-uy |
Telefon: | (73) 222-11-65 |
Faks: | (73) 222-11-49 |
Veb-sayt: | |
E-mail: | fsk@soliq.uz, fsk@fsk.tax.uz |
Direktor Xakimov Zokirjon Zoxirovich |
Fuqarolarni qabul qilish kunlari Dushanba - Seshanba: 8.00 - 16.00 Chorshanba - Payshanba: 10.00 - 15.00 Juma - Shanba: 11.00 - 14.00 |