Javob
Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 302-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat muassasalari togrisidagi nizomning 2-bandiga muvofiq davlat muassasasi boshqaruv, ijtimoiy-madaniy yoki boshqa notijorat tusdagi vazifalarni amalga oshirish uchun davlat organi yoki tashkiloti tomonidan tashkil etilgan hamda toliq yoxud qisman u tomonidan moliyalashtiriladigan yuridik shaxs hisoblanadi. Ozbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 41-moddasi beshinchi qismiga muvofiq, ilgari bildirilgan belgilangan har qanday daromad, shu jumladan har qanday turdagi qarz majburiyatlari boyicha diskont tarzida olingan daromad uni rasmiylashtirish usulidan qatiy nazar, shu jumladan pul omonatlari boyicha olingan daromad foizlar deb etirof etiladi. Soliq kodeksining 344-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq, Ozbekiston Respublikasi rezidenti bolgan yuridik shaxs tomonidan notijorat va budjet tashkilotlariga mablaglarni depozitga joylashtirishidan tolanadigan foizlarga tolov manbaida Soliq kodeksining 337-moddasi birinchi qismi 12-bandida belgilangan miqdordagi soliq stavkasi boyicha soliq solinadi va bunday daromadlar oluvchilarning soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, davlat muassasalariga depozitlarga joylashtirilgan mablaglardan foizlar tolanganda, yuridik shaxslarning foyda soligi tolov manbaida bank tomonidan ushlab qolinadi. Bunda mazkur foizlar davlat muassasasining foyda soligi boyicha soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadi.