Hududiy
organlar

Soliq qo'mitasi

Markaziy apparat

...
  • Toshkent shahar, A.Qodiriy ko‘chasi 13a-uy
  • (71) 244-98-98 Ishonch telefoni
    (71) 244-98-98 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • org@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Andijon viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (74) 223-95-23 Ishonch telefoni
    (74) 223-95-23 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • andijon@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Buxoro viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (65) 221-26-89 Ishonch telefoni
    (65) 221-26-89 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • buxoro@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Jizzax viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • 72 222-07-00 Ishonch telefoni
    72 222-07-00 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Jizzax@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qashqadaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (75) 225-10-82 Ishonch telefoni
    (75) 225-10-82 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qashqadaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Navoiy viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Navoiy shahar, Navoiy ko‘chasi, 27-b uy
  • (79) 223-53-71 Ishonch telefoni
    (79) 223-53-71 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Navoiy@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Namangan viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (69) 227-91-96 Ishonch telefoni
    (69) 227-91-96 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Namangan@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Samarqand viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • 55 704-06-16 Ishonch telefoni
    55 704-06-16 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Samarqand@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Surxondaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Termiz shahar, M.Kahhor ko‘chasi, 23-uy
  • (0-376)-223-50-74 Ishonch telefoni
    (0-376)-223-50-74 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Surxondaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Sirdaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Guliston shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 41-uy
  • (67) 235-03-42 Ishonch telefoni
    (67) 235-03-42 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • sirdaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent shahar

Soliq boshqarmasi

...
  • (71) 244-54-86 Ishonch telefoni
    (71) 244-54-86 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (78) 150-49-56 Ishonch telefoni
    (78) 150-49-56 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent_vil@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Farg‘ona viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (73) 241-70-61 Ishonch telefoni
    (73) 241-70-61 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • fargona@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Xorazm viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Urganch shahri Islom Karimov ko‘chasi, 124-uy
  • (62) 223-10-10 Ishonch telefoni
    (62) 223-10-10 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • xorazm@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qoraqalpog'iston Resp.

Soliq boshqarmasi

...
  • Nukus shaxar. T.Qaypbergenov ko‘chasi, 23-uy
  • (61) 222-00-33 Ishonch telefoni
    (61) 222-00-33 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qoraqalpogiston@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Hududlararo inspeksiyasi

Soliq boshqarmasi

...
  • Toshkent shahri, Xadra mavzesi, Alisher Navoiy ko‘chasi, 16-B
  • 71 202-21-04 Ishonch telefoni
    71 202-21-04 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • mri@soliq.uz
Sahifaga o'tish


 

2024-yilning 9 oyligi davomida soliq xizmati organlarini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish yuzasidan olib borilgan ishlar

 

Korrupsiyaga qarshi kurashishda bevosita Shaxsiy xavfsizlik tuzilmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar

Joriy yilning oʻtgan davrida:

- salbiy holatlarni sodir qilmaslik yuzasidan 4 207 nafar xodim bilan alohida profilaktik tarbiyaviy suhbatlar oʻtkazildi;

- turli soliq tekshiruvlarini oʻtkazishga safarbar qilingan xodimlar bilan 35,6 ming suhbatlar oʻtkazilib, tilxatlar olindi;

- jami 1 742 ta xizmat tekshiruvi va xizmat oʻrganishlari oʻtkazilib, 893 ta holatda hujjatlar huquqiy baho berish uchun huquqni himoya qilish organlariga yuborildi.

Oʻtkazilgan xizmat tekshiruvi va oʻrganishlari yakuni bilan davlat byudjetiga 183,2 mlrd.soʻm soliq va toʻlovlar qoʻshimcha hisoblanib, shundan 60,8 mlrd.soʻm davlat byudjetiga undirildi.

 

Korrupsiyani oldini-olish yuzasidan huquqiy targʻibot-tashviqot tadbirlari

Soliq xizmati organing korrupsiyaga qarshi kurashish tuzilmalari tomonidan 2024-yil 9 oyligi davomida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida bir qator targʻibot ishlari olib borildi.

Xususan, joylarda 1 900 dan ortiq uchrashuv va seminarlar oʻtkazildi. Shundan 667 tasi huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida boʻlib oʻtdi. Qolaversa, 1200 dan ortiq OAVlarida (60 ta radio, 86 ta telekoʻrsatuv, 38 ta nashr va maqolalar, 1040 ta ijtimoiy tarmoqda) chiqishlar amalga oshirildi.

Bevosita Soliq qoʻmitasida oʻtkazilgan tadbirlar qoʻmitaning rasmiy veb saytida eʼlon qilib borildi.

Jazoni oʻtash muassasalarida saqlanayotgan sobiq soliq xodimlari (mahbuslar)dan maxsus intervyular olinib, Zoʻr TV telekanali mutaxassislari bilan hamkorlikda “Ishonch va Nafs chegarasi” nomli maxsus videorolik tayyorlandi.

Ushbu videorolik soliq xizmati organida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarga namoyish etilib, tegishli ogohlantiruv-profilaktik tadbirlar oʻtkazildi.

Korrupsiyaning oldini olish borasida raqamli texnologiyalardan foydalanish

Sohada korrupsiya holatlarini oldini olishda raqamli texnologiyalarning keng tatbiq etilishi muhim qadamlardan biri boʻldi. Soliq toʻlovchini hisobga olishdan tortib majburiyatini bajarishgacha boʻlgan jarayon avtomatlashtirildi.

Soliq toʻlovchilarga qulaylik yaratish, soliqqa oid hisob-kitob jarayonlarini soddalashtirish va iqtisodiyotda xufiyona aylanmalarni oʻz vaqtida aniqlash va oldini olishni taʼminlash maqsadida 2024-yil 9 oyligi davomida 2 ta yangi axborot tizimi (“Soliq boshqarmalari maʼmurchiligi” hamda  “Tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish, saqlash va ularning hisobini yuritish”) va ta elektron xizmat (“Tovar-transport yuk xati” va “Ijaraga berish”) ishlab chiqildi.

 

Korrupsiyaga qarshi kurashishda aloqa kanallari vositasidan foydalanish

Soliq qoʻmitasi tizimida xodimlar xatti-harakatlarining qonuniyligiga, odob-axloq normalariga rioya qilishga, shuningdek, korrupsiya va boshqa huquqbuzarlik holatlari sodir etilishini oldini olishga qaratilgan aloqa kanallari uzluksiz faoliyat yuritmoqda.

Soliq organining rasmiy veb-saytidagi “Ishon telefonlari”, Shaxsiy xavfsizlik tuzilmalarining telefon raqamlari, telegram ijtimoiy tarmogʻidagi “@dsq_anticorrupciya_bot” kanali, “Elektron soliq xizmatlari” portali va boshqa kanallari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻliq yangilandi.

Oʻtgan davrda “@dsq_anticorrupciya_bot” kanali orqali kelib tushgan 328 dan ortiq murojaatlar ijobiy hal etildi.

Soliq xizmat organi xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan aloqa kanallari orqali kelib tushgan murojaatlarning 85,2 foizida koʻtarilgan masalalar ijobiy hal etildi va 5,1 foizi boʻyicha xodimlarga tegishli choralar koʻrildi, shuningdek 12,7 foizi oʻz tasdigʻini topmaganligi sabab tugatildi.

 

Erishilgan natijalar boʻyicha qisqacha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi
PQ-81-son qaroriga muvofiq, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 95 ta davlat organi va tashkilotlarida 2023-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilgan ishlar samaradorligi reyting baholashdan oʻtkazildi.

Baholash natijalariga koʻra, 42 ta davlat organi va tashkilotlar samaradorlik koʻrsatkichlari, shu jumladan, Soliq qoʻmitasining natijalari ham “yaxshi” deb baholandi. Agentlik va ekspertlarning xulosasiga asosan Soliq qoʻmitasiga 82 ball bilan berildi.

Soliq organi oʻzining korrupsiyaga qarshi siyosatida belgilab olgan asosiy tamoyillaridan kelib chiqib, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini doimiy ravishda takomillashtirib boradi hamda korrupsiyadan holi davlat organi sifatida tan olinishi uchun barcha choralarni koʻradi.

 

Soliq qoʻmitasi Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi

 

 

2024-yil I yarim yillikda soliq xizmati organlarinikorrupsiyadan holi tizimga aylantirish yuzasidan olib borilgan ishlar


2024-yil I chorakda soliq xizmati organlarinikorrupsiyadan holi tizimga aylantirish yuzasidan olib borilgan ishlar

 

           2023 yilda soliq xizmati organlarini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish yuzasidan olib borilgan ishlar 


 


Soliq xizmati organlarini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish yuzasidan olib borilgan ishlar


Xodimlarda korrupsiyaga qarshi immunitet shakllantirish muhim vazifa 


Joriy yilning 3-may kuni Soliq qoʻmitasida oʻtkazilgan majlisda Qoʻmita Raisi oʻrinbosari U.Sadullayev tizim xodimlariga korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan murojaat qildi. 

Yigʻilishda Qoʻmita markaziy apparati, Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo soliq inspeksiyasi hamda hududiy soliq xizmati organlari xodimlari ishitirok etdi. 

Xususan, har bir xodimda korrupsiyaga qarshi immunitet shakllantirish, korrupsiyaning har qanday koʻrinishiga murosasiz munosabatda boʻlish lozim ekanligi taʼkidlandi. 


Korrupsiya – taraqqiyotga g‘ov bo‘ladigan illat 


Ma’lumki, bugun qay bir sohaga nazar tashlamang, uning rivoji va ravnaq topishida ma’lum tartib-qoidalarga amal qilish va korrupsion holatlarning oldini olish asosiy mezon sifatida baholanadi.

Bu bejiz emas. Insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlaridayoq qabila boshliqlari yoki sardorlarga hadya berish va bu orqali iltifotga sazovor bo‘lish “an’anasi” mavjud bo‘lgan. Davlatchilik shakllangan davrlarda esa, hukmdorlar amaldorlardan ma’lum belgilangan (cheklangan) haq (maosh) evaziga faoliyat yuritishini talab qila boshlagach, mansab egalari o‘z daromadlarini yashirincha oshirishga harakat qilishgan. Bu korrupsion holatlarning dastlabki ko‘rinishi bo‘lib, bugungi kunda uning turlari va yuzaga keltiruvchi omillari bir qator o‘zgarishlarga uchradi. 

Endilikda korrupsiya poraxo‘rlik, jamiyat iste’moli uchun mo‘ljallangan tovarlar va xizmatlarni o‘zlashtirish, qarindosh-urug‘chilik, o‘z ehtiyojlari yo‘lida qonun va qoidalarga ta’sir ko‘rsatish kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘lmoqda. Davlatimiz rahbarining mazkur holat yuzasidan bildirib o‘tgan “Halollik vaksinasi bilan emlash” to‘g‘risidagi fikrlari korrupsiyaning taraqqiyotga g‘ov bo‘layotgan illat ekanligidan dalolatdir. 

Batafsil


Ishonch va nafs chegarasi

2024-yilning fevral-mart oylarida Soliq qoʻmitasining markaziy apparati va hududiy soliq xizmati organlarida korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik, soliq xizmati xodimlarining kasb odobi, soliq tekshiruvlarini oʻtkazishda xolislik tamoyiliga rioya etishi mavzusida davra suhbatlari boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Soliq qoʻmitasi vakillari, viloyat soliq boshqarmasi boshligʻi, xuquqni muhofaza qiluvchi organidan vakillar va shaxsiy tarkibi hamda onlayn tarzda hududiy davlat soliq inspeksiyalari rahbar va xodimlari ishtirok etdi.

Mazkur tadbir davomida, har bir davlat soliq xizmatchisi xizmat vakolati doirasidan chetga chiqmasligi, jinoiy qilmishlar va boshqa huquqbuzarliklar sodir etmasligi, zimmasiga yuklatilgan vazifasini vijdonan bajarishga chaqirilib, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini cheklash, ularning faoliyatiga noqonuniy aralashish, toʻsqinlik qilish bilan bogʻliq noqonuniy harakatlar amalga oshirilgan taqdirda, unga jazo muqarrarligi ham alohida taʼkidlab oʻtildi.

Har bir soliq idorasi vakiliga, soliq toʻlovchilar bilan muloqot davomida korrupsiya va tamagirlik holatlariga yoʻl qoʻymaslik, ular bilan xushmuomalada boʻlish, xizmat vakolatlari doirasidan oʻz shaxsiy manfaati yoʻlida foydalanmaslik boʻyicha atroflicha tushunchalar berildi.

 Mazkur uchrashuvda Soliq qoʻmitasining soliq organida korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etib, jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahbuslar bilan oʻtkazilgan suhbat jarayonlarini oʻzida aks etgan hujjatli film namoyish etildi.

Har bir jinoyat uchun jazoning muqarraligini kech tushunganligi haqida pushaymon boʻlib intervyu bergan sobiq soliq xodimlarining ayanchli taqdiri aks etgan videorolik namoyishi – xodimlarda jinoyatga jazo muqarrarligini his qilishda va ularda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishda ijobiy samara berdi.

Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi

Hududiy soliq oganlarida korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, soliq xizmati xodimlarining kasb odobi, soliq tekshiruvlarini o‘tkazishda xolislik tamoyiliga rioya etishi mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatlaridan fotoloavhalar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi 


Andijon viloyati 


Buxoro viloyati 


Jizzax viloyati 


Qashqadaryo viloyati 


Navoiy viloyati 


Namangan viloyati 


Samarqand viloyati 


Surxondaryo viloyati 


Sirdaryo viloyati 


Farg‘ona viloyati 


Xorazm viloyati







Asosiy ko'rsatkichlar

Barchasini ko'rish

Soliq idoralariga murojaatlar

2024-yil III chorakda Yagona raqamga qilingan murojaatlarga berilgan javoblar bo‘yicha qo'yilgan baholar
  • 1 baho
  • 2 baho
  • 3 baho
  • 4 baho
  • 5 baho
Barchasini ko'rish
Fikringizni qoldiring
Powered by GSpeech

Eng muhim yangiliklarni birinchi bo'lib olishni xohlaysizmi? Bildirishnomalarga obuna bo'ling!

Bizga xabar yuboring