Ushbu
boʻlimda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyundagi “Davlat
organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va
baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-154-son Farmoni
talablari asosida Davlat soliq xizmati
organlarining ochiq maʼlumotlar shaklidagi ijtimoiy ahamiyatga ega maʼlumotlari
eʼlon qilib boriladi.
Mazkur Ochiq maʼlumotlarni eʼlon qilish
davlat soliq xizmati organlari faoliyatining shaffofligini oshirish,
jamoatchilik nazoratini taʼminlash, shuningdek, turli tahlillar, ilmiy tadqiqot
ishlarini amalga oshirishda muhim, ishonchli manba boʻlib xizmat qiladi.
Ochiq maʼlumotlarning koʻp marotaba, erkin va bepul foydalanish maqsadida
mashinada oʻqiladigan formatda Internet jahon axborot tarmogʻida
joylashtirilishi fuqarolar va biznes uchun
foydali axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlari, ilovalar ishlab
chiqish hamda xizmat koʻrsatishda qulayliklar yaratadi.
Ushbu
boʻlimda quyidagi yoʻnalishdagi ochiq maʼlumotlar oʻrin olgan: