Hududiy
organlar

Soliq qo'mitasi

Markaziy apparat

...
  • Toshkent shahar, A.Qodiriy ko‘chasi 13a-uy
  • (71) 244-98-98 Ishonch telefoni
    (71) 244-98-98 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • org@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Andijon viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (74) 223-95-23 Ishonch telefoni
    (74) 223-95-23 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • andijon@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Buxoro viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (65) 221-26-89 Ishonch telefoni
    (65) 221-26-89 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • buxoro@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Jizzax viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • 72 222-07-00 Ishonch telefoni
    72 222-07-00 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Jizzax@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qashqadaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (75) 225-10-82 Ishonch telefoni
    (75) 225-10-82 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qashqadaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Navoiy viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Navoiy shahar, Navoiy ko‘chasi, 27-b uy
  • (79) 223-53-71 Ishonch telefoni
    (79) 223-53-71 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Navoiy@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Namangan viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (69) 227-91-96 Ishonch telefoni
    (69) 227-91-96 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Namangan@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Samarqand viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • 55 704-06-16 Ishonch telefoni
    55 704-06-16 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Samarqand@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Surxondaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Termiz shahar, M.Kahhor ko‘chasi, 23-uy
  • (0-376)-223-50-74 Ishonch telefoni
    (0-376)-223-50-74 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Surxondaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Sirdaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Guliston shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 41-uy
  • (67) 235-03-42 Ishonch telefoni
    (67) 235-03-42 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • sirdaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent shahar

Soliq boshqarmasi

...
  • (71) 244-54-86 Ishonch telefoni
    (71) 244-54-86 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (78) 150-49-56 Ishonch telefoni
    (78) 150-49-56 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent_vil@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Farg‘ona viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (73) 241-70-61 Ishonch telefoni
    (73) 241-70-61 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • fargona@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Xorazm viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Urganch shahri Islom Karimov ko‘chasi, 124-uy
  • (62) 223-10-10 Ishonch telefoni
    (62) 223-10-10 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • xorazm@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qoraqalpog'iston Resp.

Soliq boshqarmasi

...
  • Nukus shaxar. T.Qaypbergenov ko‘chasi, 23-uy
  • (61) 222-00-33 Ishonch telefoni
    (61) 222-00-33 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qoraqalpogiston@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Hududlararo inspeksiyasi

Soliq boshqarmasi

...
  • Toshkent shahri, Xadra mavzesi, Alisher Navoiy ko‘chasi, 16-B
  • 71 202-21-04 Ishonch telefoni
    71 202-21-04 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • mri@soliq.uz
Sahifaga o'tish


11.10.2024

Kuryerlar ham soliqqa tortiladimi? 

Mubin Mirzayev:

Maqsad hamma daromad olayotganlardan soliq olish emas, birinchi o‘rinda aholini rasmiy ish bilan taʼminlab, daromad manbayiga ega qilish. Ayrim faoliyat turlari bilan o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro bo'lib ro'yxatdan o'tgan holda shug'ullanish mumkin. Ular 100 mln so‘mgacha daromadlaridan soliqdan ozod, ushbu summadan oshsa soliq to'lovchi bo'ladi.


11.10.2024

Mubin Mirzayev:

Agar xizmat koʻrsatish sohasi haqida gapiradigan boʻlsak, ish oʻrinlari yaratish, ushbu sohani rivojlantirish boʻyicha qator dasturlar qabul qilingan. Ulardan biri “20 ming tadbirkor– 500 ming malakali mutaxassis”. Xizmat koʻrsatish sohasida 100 dan ortiq ish oʻrni yaratilsa, ularga qator imtiyozlar beriladi. 10 ta ish oʻrni yaratilsa, ularga xam imtiyozlar ham beradi.

Shu bois xizmat koʻrsatish sohasida ish oʻrinlarini qonuniylashtirish va ularni soliq hisobotida toʻgʻri aks ettirish eng ustuvor vazifa hisoblanadi. Shuni toʻgʻri koʻrsatsa, ushbu imtiyozlardan toʻliq foydalanadi.


11.10.2024

Joriy yilning 9-oktabr kuni  "Debat Xoll" media markazida “Men tadbirkorman” mavzusidagi sessiya boʻlib oʻtdi. Unda Soliq qoʻmitasi Raisining birinchi oʻrinbosari Mubin Mirzayev ishtirok etdi.

 

Mubin Mirzayev:

 JSTga aʼzo boʻlgandan keyin importda ham, ichki bozorda ham QQS bir xil boʻlishi va soliq imtiyozlari boʻlmasligi kerak.  Aksiz soligʻi bilan ham xuddi shunday — import va ichki bozor stavkalari bir xil boʻlishi kerak.  Bu kichik biznes uchun yaxshi, chunki u teng sharoit yaratadi, ammo soliq imtiyozlari bekor qilinishi tufayli yirik kompaniyalarga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Oʻtish davri 2-3 yil davom etadi, shuning uchun hamma narsa bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.


18.09.2024

“ICT WEEK UZBEKISTAN 2024” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida “Raqamli hukumat: istiqbolli rejalar va toʻsiqlar” forumi boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbirda Soliq qoʻmitasi Raisi oʻrinbosari Jahongir Abdiyev ishtirok etib, soliq organlari tomonidan koʻrsatilayotgan elektron xizmatlar, aholi va soliq organlari oʻrtasidagi munosabatlarni bajarishda mobil ilovalar va sunʼiy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish borasida yaratilayotgan qulayliklar haqida batafsil toʻxtalib oʻtdi.

Batafsil

Deputatlar barqarorlik reytingi tizimini samarali tashkil etishga qaratilgan Qonun loyihasini muhokama qildi

20.08.2024

Joriy yilning 20 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari M.Mirzayev majlis kun tartibidagi tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi joriy etilishini yana-da samarali tashkil etishga qaratilgan Qonun loyihasini o‘qib eshittirdi.

Batafsil

Qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv

01.08.2024

Joriy yilning 10-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar (klasterlar, paxta, g‘alla, meva-sabzavot, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa mahsulot yetishtiruvchilar) bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda mutaxassislar va tadbirkorlarning sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflarini tinglandi.

Uchrashuvda Soliq qo‘mitasi Raisi Sh.Kudbiyev va boshqa tegishli vazirlik hamda idoralar rahbariyati ishtirok etdi. 

Batafsil

Eksport bilan shug’ullanuvchi korxona vakillari bilan uchrashuv

01.08.2024

Joriy yilning 1-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida eksport bilan shug’ullanuvchi korxona vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda mutaxassislar va tadbirkorlarning sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflarini tinglandi.

Uchrashuvda Soliq qo‘mitasi Raisi Sh.Kudbiyev ishtirok etdi. U soliq to‘lovchilarga yaratilayotgan qulayliklar haqida, xususan Soliq mobil ilovasida yuridik shaxslar shaxsiy kabinetining mobil versiyasi – "Soliq biznes" xizmati ishga tushirilganini ma'lum qildi.

Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan uchrashuv

17.07.2024

Joriy yilning 17-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda mutaxassislar va tadbirkorlarning sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflari tinglandi. 

Uchrashuvda Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev ishtirok etdi va tadbirkorlarning bir qator takliflariga o‘z munosabatini bildirdi. Shuningdek tadbirkorlik faoliyatini yengillashtirishga qaratilgan yangiliklar haqida maʼlumotlar berdi.  

Batafsil 

Sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohalaridagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

04.07.2024

2024-yil 4-iyul kuni Toshkent shahrida sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasidagi tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur tadbirda sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlarining muammolari va ularning yechimlari yuzasidan takliflar tinglandi. 

Uchrashuvda Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev va boshqa tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etdi. 


Biznes uchun jarayonlarni oson va qulay qilamiz

04.07.2024 

2024-yil 4-iyul kuni bo‘lib o‘tgan sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasidagi tadbirkorlar bilan uchrashuvda Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev biznes uchun jarayonlarni oson va qulaylashtirish uchun Soliq mobil ilovasida "Soliq biznes" xizmati ishga tushirilishini ma'lum qildi. 

"Soliq mobil ilovasida "Soliq biznes" xizmati ishga tushiriladi. Bunda faceID'dan o‘tgan foydalanuvchilar uchun elektron TTY to‘ldirish jarayonlari keskin soddalashadi." 

Sherzod Kudbiyev, Soliq qo‘mitasi Raisi

Turizm va transport sohasi vakillari bilan uchrashuv 

02.07.2024

Joriy yilning 2-iyul kuni Prezidentimizning tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida turizm (aviyakompaniya, turoperator, turfirma, mehmonxona, gid va boshqa) va transport sohasidagi mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflarni shakllantirish maqsadida uchrashuv o‘tkazildi. 

Unda Soliq qo’mitasi raisi Sh.Kudbiyev va boshqa tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etdi. 



IV Xalqaro PLUS-forumda Soliq qo‘mitasining raqamlashtirish bo‘yicha erishgan yutuqlari va istiqbol rejalari muhokama qilindi

12.06.2024

Joriy yilning 12-13-iyunlari kuni Toshkentda “Digital Uzbekistan” IV xalqaro PLUS-forumi bo‘lib o‘tdi.

Forumda Soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Jahongir Abdiyev soliq organlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari taqdimoti bilan ishtirok etdi.

Batafsil 



Senatning 52-yalpi majlisida “Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi

18.05.2024

Qonun bilan Soliq kodeksiga fiskal huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun qo‘llaniladigan moliyaviy sanksiyalar kamaytirilishini nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilmoqda. Jumladan, Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasida belgilangan huquqbuzarliklar birinchi marta sodir etilganda jarima miqdori oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 % (amaldagiga nisbatan qariyb 98 %ga qisqaradi) miqdorida qo’llanilladi.

Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Batafsil 




Tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokama qilindi 

27.04.2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida o'tgan yig'ilishda Kengash a'zolari, Soliq qo’mitasi Raisi Sh.Kudbiyev, palata raisi D.Vaxobov hamda boshqa aloqador vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.

Batafsil 




Soliq tizimida “mahallabay” ishlash - manfaatli hamkorlik

23.04.2024

2024-yil 23-aprel kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tadigan “Soliq tizimida “mahallabay” ishlash - manfaatli hamkorlik” mavzusidagi matbuot anjumani bo‘lib bo‘tdi.

Batafsil 



Raqamli markirovka - yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish orqali bozorni tartibga solishga xizmat qiladi


22.04.2024

2024-yil 22-aprelda “INNOPROM. Markaziy Osiyo 2024 xalqaro sanoat koʻrgazmasi doirasida “Markirovka tizimi: davlat va biznes uchun katta maʼlumotlar” mavzusida sessiya boʻlib oʻtdi. Unda Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Alimjon Fayzibayev vakillari ishtirok etdi. 

Batafsil



Soliq qoʻmitasi raisi Sherzod Kudbiyev mol-mulk va yer soligʻini oʻz vaqtida toʻlashga chaqirdi

15.04.2024

Eslatib oʻtamiz!

Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.

️Soliq to'lash majburiyatining bajarilishi kechiktirilgan har bir kun uchun toʻlanmagan soliq summasining 0,047% (MB qayta moliyalash stavkasi - 14% dan 1/300) miqdorida penya hisoblanadi.

Soliqkodeksi 110-moddasi 

Batafsil


Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi Qonun loyihasi ko‘rib chiqildi

02.04.2024

Qonunchilik palatasida Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi Qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. 

Unda Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Fayzibayev Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi Qonun loyihasini o‘qib eshittirdi. 



Ochiq muloqot: Tadbirkor qo‘llab-quvvatlanadi

02.03.2024

Soliq qoʻmitasi Raisining Urganch tumanidagi tadbirkorlar bilan noodatiy formatda tashkil etilgan ochiq muloqotida tadbirkorlar faoliyatida duch kelayotgan muammolar va yechimini kutayotgan masalalar ijobiy hal etildi.

Batafsil




 XVI “Ipak yo‘li” Soliq forumi ochilish marosimi

28.02.2024

XVI “Ipak yo‘li” Soliq forumining ochilish marosimida Xalqaro soliq va investitsiya markazi (ITIC) prezidenti Daniel Vitt, Iqtisodiyot va moliya vaziri o'rinbosari Jasur Karshibayev hamda Soliq qo‘mitasi raisi o'rinbosari Olimjon Fayzibayev ishtirok etdi.

“Umid qilamizki, ushbu forum nafaqat mamlakatlarimiz soliq va moliya idoralari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish uchun yaxshi asos yaratadi, balki soliq siyosati va investitsiyalar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi davlat va xususiy sektor mutaxassislari hamkorligiga yangi sur’at bag‘ishlaydi.” Soliq qo‘mitasi raisi o'rinbosari Olimjon Fayzibayev.

Batafsil 



Soliq qoʻmitasi Raisi Xorazmda

22.02.2024

Soliq qoʻmitasi Raisi Sh.Kudbiyev mahallalarga biriktirilgan soliq inspektorlari faoliyati hamda ayni yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida muntazam ravishda hududlarga tashrif buyurmoqda.

Qoʻmita Raisi Urganch tumanidagi “Oyoq bog‘" hamda Xiva tumanidagi “Istiqlol” mahallasida boʻlib tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning qonuniy faoliyat olib borishiga  ko‘maklashish, soliq bazasini kengaytish bo‘yicha soliq inspektorlari tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Batafsil



Barqarorlik reytingi: umumiy ovqatlanish va savdo sohasi vakillari bilan uchrashuv

13.02.2024

“AAA” reytingdagi tadbirkorlarga nisbatan tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq shakllantirilmaydi. 

Batafsil



Qurilish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar uchun barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar

06.02.2024

Tadbikorlik reytingi soliq xizmati organlari yondashuvini oʻzgartiryapti.

Ilk qadamlardan bittasi bu maʼlum shartlar (reyting) joriy etish hisobiga imkoniyatlarni cheklash, chegaralash yoki jazolash emas, balki yuqori reytingga erishilsa qoʻshimcha ragʻbatlantirishlar paydo boʻladi degan yoʻldan yurishni boshlayapmiz. 

Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi faqat ragʻbatlantirishga asoslangan.” 

Soliq qoʻmitasi raisi Sherzod Kudbiyev


Batafsil



Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi – qulay, ishonchli va shaffof 

31.01.2024

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini tekstil sanoati sohasi vakillariga yetkazishga bag‘ishlangan biznes muloqot 

…endi soliq to‘lovchi qancha uzoq vaqt ishlasa, qancha ko‘p odamni ish bilan ta’minlasa, ularning barqarorlik reytingi shuncha yuqori bo‘ladi va imkoniyatlari kengayadi.

Soliq qo‘mitasi raisi Sh.Kudbiyev

batafsil 1-qism / 2-qismi



Soliq tizimi va soliqchilar faoliyati tubdan qayta koʻrib chiqiladi

22.01.2024

40 mingta budjet tashkiloti bilan ishlash vazifasi tumandan Soliq qoʻmitasida yangi tashkil qilinadigan Budjet tashkilotlari inspeksiyasiga oʻtkaziladi. Ushbu Inspeksiya toʻliq raqamlashgan boʻladi va Gʻaznachilik elektron tizimiga integratsiya qilinadi.

Shuningdek, soliq qarzdorligi bilan ishlash boʻyicha ham qoʻmita qoshida Soliq qarzini undirish inspeksiyasi tashkil etiladi. Unga Majburiy ijro byurosida mavjud vakolatlar beriladi.

Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha inspeksiya tarkibida 80 ta eng yirik korxona va 35 ta tijorat banki bilan ishlaydigan yangi tuzilma tashkil qilinadi.

 

Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari mazkur oʻzgarishlar yuzasidan "Tahlilnoma" dasturiga intervyu berdi.

Batafsil



Chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv 

18.12.2023

Savdo-sanoat palatasida Soliq qoʻmitasi raisi Sh.Kudbiyev ishtirokida boʻlib oʻtgan mazkur uchrashuvda tadbirkorlarning avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimlarini soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashmagani uchun javobgarlik choralarini qoʻllash masalasi muhokama etildi. 

Batafsil



“2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonun va Budjetnoma muhokamasi 

02.11.2023

Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ulgurji va chakana sotishda cheklangan savdo ustamalari bekor qilinishi ayrim tadbirkorlik subyektlari tomonidan sunʼiy ravishda soliq bazasini kamaytirib ko‘rsatishni oldini oladi va aholiga sifatli dori vositalarini realizatsiya qilinishini taʼminlaydi.  

Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari M.Mirzayev

Batafsil

Sh.Kudbiyev: “QQS to‘lashga o‘tish chegarasini oshirish emas, kamaytirish kerak”

07.09.2022

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev Kun.uz'ga bergan intervyusida qo‘shilgan qiymat solig‘iga doir ayrim savollarga javob berdi.

Batafsil



“Samarasiz va alohida shaxslarga berilgan soliq imtiyozlarini bekor qilamiz” – Soliq qoʻmitasi masʼuli imtiyozlar haqida

29.04.2022

Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Jahongir Abdiyev eksklyuziv – alohida shaxslarga berilgan imtiyoz Soliq qoʻmitasi birinchi eʼtibor qaratadigan masalasi ekani haqida gapirdi. 

Batafsil


...


TARAQQIYOT SARI OYDIN YOʻL DAVLAT TILIGA EʼTIBORDAN BOSHLANADI

“Yangi Oʻzbekiston” gazetasining shu yil 24-dekabr sonida Davlat soliq qoʻmitasi raisi maslahatchisi Gavharxon Muqaddasovaning “Taraqqiyot sari oydin yoʻl davlat tiliga eʼtibordan boshlanadi” nomli maqolasi 


Yuklash    O‘qish

...


MUTLAQO YANGI SOLIQ TIZIMI YARATILDI

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod KUDBIYEVning keyingi yillarda soliq sohasini raqamlashtirish borasida tizimda ro‘y bergan yangilanishlar mohiyati va ularning soliq maʼmurchiligini taʼminlashdagi ahamiyati haqida "Yangi O‘zbekiston" gazetasi muxbiri bilan  suhbati 


Yuklash    O‘qish

...


Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh.Kudbiyevning tasdiqlangan dastrular, farmon va qarorlar hamda O‘zbekiston Respublikasi nomiga bergan kafolat xatlarida ko‘rsatilgan asosiy maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish holati 


Yuklash    O‘qish

...


HARAKATLAR STRATEGIYASIDAN – TARAQQIYOT STRATEGIYASI SARI

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi  Sherzod KUDBIYEVning “Yangi O‘zbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari bosh muharririga intervyusi  

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining uchinchi — IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH VA LIBERALLASHTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar. "Yangi O‘zbekiston" gazetasi 254-son. 2021-yil 17-dekabr.

...


Yangi O‘zbekiston – yangi soliq tizimi, yangi natijalar, yangi rejalar

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod KUDBIYEVning “Yangi O‘zbekiston”  gazetasi muhbiriga intervyusi  

Soliq yukini kamaytirish, uning maʼmurchiligini soddalashtirish va soliq idoralarining nazorat funksiyalarini takomillashtirish tizim faoliyatining asosiy mezonlari Yangi O‘zbekiston”  gazetasi, 174-son 28.08.2021-y.

...


«Ijro intizomi» – Davlat soliq xizmati organlarida muhim vazifa

Davlat soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda rahbarlarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish haqida – Davlat soliq qo‘mitasining tajribasi va yutuqlari misolida

...


2020 yilda iqtisodiy sohada amalga oshirilgan ishlar hamda 2021 yil ustuvor vazifalari to‘g‘risida .

2021 yilning 11 yanvar kuni  AOKA da o‘tkazilgan brifingda Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari M.Mirzayev ishtirok etdi.

...

Bloger A.Ashurbaev bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan

Davlat soliq qo‘mitasi bir necha kun avval Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan bloger Azizbek Ashurbaevning huquqlari buzilganligiga doir e'lon qilingan xabar bo‘yicha vaziyatni o‘rgandi.

...

Narx – navolarning oshib ketishini oldini olish bo‘yicha  

Respublikamizda koronovirus pandemiyasi natijasida e'lon qilingan karantin jarayonida narx – navolarning oshib ketishini oldini olish bo‘yicha dehqon bozorlari va supermarketlarda hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etkazuvchi sub'ektlarda bevosita monitoring o‘tkazilmoqda.

Asosiy ko'rsatkichlar

Barchasini ko'rish

Soliq idoralariga murojaatlar

2024-yil III chorakda Yagona raqamga qilingan murojaatlarga berilgan javoblar bo‘yicha qo'yilgan baholar
  • 1 baho
  • 2 baho
  • 3 baho
  • 4 baho
  • 5 baho
Barchasini ko'rish
Fikringizni qoldiring
Powered by GSpeech

Eng muhim yangiliklarni birinchi bo'lib olishni xohlaysizmi? Bildirishnomalarga obuna bo'ling!

Bizga xabar yuboring