Yagona yer solig‘i to‘lovchi qishloq xo‘jalik korxonalari tomonidan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi bo‘yicha.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 iyundagi ―Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi PF-5755-sonli Farmoniga muvofiq 2019 yil 1 avgustdan boshlab yagona yer solig‘i to‘lovchisi hisoblangan qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilari ixtiyoriy ravishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ldi, 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab esa 2019 yil yanvar oyidan sentyabr oyigacha 1 milliard so‘mdan ortiq pul aylanmasi (tushumi)ga ega bo‘lgan yoki 50 gektardan ortiq qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlariga ega bo‘lgan yagona yer solig‘i to‘lovchilari qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari hisoblanishi belgilandi.