Javob
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori bilan tasdiqlangan Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va otkazish tartibi togrisidagi Nizomning 17-bandi on birinchi xatboshisiga asosan Sayyor soliq tekshiruvlari yoki soliq auditini otkazishda soliq tolovchilar quyidagi hollarda soliq organi mansabdor shaxslarini soliq tekshiruvini otkazish uchun hududga va joylarga qoymaslikka haqli, agar- sayyor soliq tekshiruvini otkazish togrisidagi buyruq belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan va buyruq nusxasi soliq tolovchiga berilmagan bolsa, soliq tolovchi uni olishdan bosh tortgan hollar bundan mustasno- tekshiruvchi mansabdor shaxs tekshiruvni tayinlash togrisidagi buyruqda korsatilmagan, oz xizmat guvohnomasini korsatmagan bolsa- soliq tekshiruvini otkazishning buyruqda korsatilgan muddatlari boshlanmagan yoki otib ketgan bolsa.Yuqoridagilarga asosan tekshiruvchi mansabdor shaxs oz xizmat guvohnomasini korsatmagan bolsa, soliq organi mansabdor shaxslarini soliq tekshiruvini otkazish uchun hududga va joylarga qoymaslikka haqlisiz.