Ushbu tizim orqali birja savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxslar quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda
hisobga turish bo‘yicha ariza yuborishlari mumkin.
1.
Norezident yuridik shaxs ta’sis etilgan mamlakatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatning
davlat tiliga tarjima qilingan nusxasi (
soliq to‘lovchining xos raqami ko‘rsatilgan holda);
2.
Vakolatli shaxsning fuqarolik pasporti nusxasi;
3.
Vakolatli shaxsning norezident yuridik shaxs nomidan O‘zbekiston Respublikasida harakatlarni amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi ishonchnomaning
yoki boshqa hujjatning (ular mavjud bo‘lgan taqdirda) davlat tiliga tarjima qilingan nusxasi.
Hisobga qo‘yish uchun berilgan ariza 3 (uch) ish kuni ichida ko‘rib chiqilib qanoatlantiriladi yoki kamchiliklar mavjud bo‘lsa, sababi ko‘rsatilgan holda qaytariladi (elektron pochta manziliga xabar yuboriladi).
Norezident yuridik shaxslar soliq organlarida hisobga qo‘yilganligi (STIR berilganligi) to‘g‘risida guvohnoma elektron pochta manziliga avtomat tarzda yuboriladi.