CHET EL INVESTITSIYALARI ISHTIROKIDAGI
KORXONALAR
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi
Chet ellik investorlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tashkil etishlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan oʻzlariga berilgan barcha huquqlar, kafolatlar va imtiyozlardan foydalanishlari mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar deganda aksiyalarining (ulushlari, paylarining) yoki ustav jamgʻarmasining kamida oʻttiz foizini chet el investitsiyalari tashkil etadigan korxonalar tushuniladi. Ular Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid kelmaydigan har qanday tashkiliy-huquqiy shakllarda faoliyat koʻrsatadilar. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona qatnashchilaridan biri chet ellik investor boʻlishi shart.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona uni taʼsis etish yoʻli bilan yoki ilgari chet el investitsiyalari ishtirokisiz taʼsis etilgan korxonada ishtirok etish ulushini (payini, aksiyalarini) yoxud bunday korxonani butunlay, shu jumladan xususiylashtirish jarayonida chet ellik investor tomonidan sotib olinishi natijasida tashkil etilishi mumkin.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona davlat roʻyxatiga olingan paytdan eʼtiboran yuridik shaxs huquqiga ega boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga asosan barcha tadbirkorlik subyektlari singari chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni ham davlat roʻyxatidan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish Davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
Shuningdek, Davlat xizmatlari markazlari tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxslar to‘grisidagi ma’lumotlar Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasida tizim orqali avtomat shakllanadi va hisobga qo‘yiladi (soliq organida hisobga turish uchun alohida ariza berish shart emas).
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni tugatish tartibi
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil
21-avgustdagi 704-son Qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini
ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi to‘g‘risida”gi nizom
asosan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni ixtiyoriy tugatish
quyidagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to’xtatish tartibi
SXEMASI
Bosqichlar |
|
Subyektlar
|
|
Tadbirlar |
|
Ijro muddati |
|
|
|
|
|
|
|
1-bosqich |
|
Tugatuvchi |
|
Tugatuvchi tayinlangandan keyin tijorat tashkilotining boshqaruv organlari yoki jismoniy shaxs tomonidan unga tijorat tashkiloti faoliyati bilan bog’liq barcha hujjatlarni, shuningdek, tijorat tashkilotining muhri (agar mavjud bo’lsa), shtamplari va boshqa mol-mulkini topshirish. |
|
3 (uch) ish kunida |
|
|
|
|
|
|
|
2-bosqich |
|
Tugatuvchi |
|
Ixtiyoriy tugatish to’g’risida qaror qabul qilingandan keyin ro’yxatdan o’tkazuvchi organga qaror nusxasini taqdim etish. |
|
1 (bir) ish kunida |
|
|
|
|
|
|
|
3-bosqich |
|
Ro’yxatdan o’tkazuvchi organ (Davlat xizmatlari markazi) |
|
Tugatish to’g’risida qaror olinganidan so’ng tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatish jarayonida ekanligi to’g’risidagi ma’lumotlarni davlat reyestriga kiritish va bu to’g’risida Tizim orqali tegishli idora va tashkilotlarni xabardor qilish hamda o’zining rasmiy saytiga tijorat tashkiloti tugatilayotganligi to’g’risida barcha uchun erkin foydalanish imkoni bo’lgan e’lonni joylashtirish. |
|
1 (bir) ish kunida |
|
|
|
|
|
|
|
4-bosqich |
|
Idora va tashkilotlar |
|
Ixtiyoriy tugatish to’g’risidagi xabarnoma olingan kundan boshlab o’zlarining ma’lumotlar bazasida tijorat tashkiloti to’g’risida mavjud bo’lgan ma’lumotlarni Tizim orqali taqdim etish. |
|
5 (besh) ish kunida |
|
|
|
|
|
|
|
5-bosqich |
|
Majburiy ijro byurosi |
|
Ro’yxatdan o’tkazgan organning bildirishnomasini olgan sanadan boshlab ish yuritishda ijro hujjatini davlat ijrochisi qonunda belgilangan tartibda ijro ishini tugallash va belgilangan tartibda tugatishni ijro etish uchun ijro hujjatini tugatuvchiga yuborish. |
|
10 (o’n) kun |
|
|
|
|
|
|
|
6-bosqich |
|
Davlat soliq xizmati organlari |
|
Tizim orqali xabardor qilingan kundan boshlab tijorat tashkilotining moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirishga (taftish qilishga) kirishish. |
|
3 (uch) ish kunida |
|
|
|
|
|
|
|
7-bosqich |
|
Tugatuvchi |
|
Oraliq tugatish balansi tasdiqlangandan keyin barcha kreditorlarni ularning talablari e’tirof etilganligi yoki rad qilinganligi, e’tirof etilgan talablar summasi haqida yozma (elektron) ravishda tasdiqnomani olgan holda xabardor qilish. |
|
5 (besh) ish kunida |
|
|
|
|
|
|
|
8-bosqich |
|
Tugatuvchi |
|
Mol-mulkni boshqa kreditorlarga berishda uning baholash summasi e’tirof etilgan talablarni to’lash hisobiga qo’shish, baholash summasi bilan talab miqdori o’rtasida tijorat tashkiloti foydasiga hosil bo’lgan tafovutni kreditordan qabul qilib olish. |
|
5 (besh) ish kunida |
|
|
|
|
|
|
|
9-bosqich |
|
Davlat soliq xizmati organlari |
|
Tugatish balansi qabul qilingandan keyin tijorat tashkilotining soliqlar va yig’imlar bo’yicha qarzi bo’lmagan taqdirda, soliqlar va yig’imlar bo’yicha qarzi yo’qligi to’g’risidagi xulosani tugatuvchiga hamda Tizim orqali ro’yxatdan o’tkazuvchi organga yuborish. (O’zR VM 07.01.2021 y. 1-son Qarori tahriridagi ustun) |
|
1 (bir) ish kunida |
|
|
|
|
|
|
|
10-bosqich |
|
Majburiy ijro byurosi |
|
Bajarilmagan ijro hujjati Majburiy ijro byurosining ish yurituvida mavjud bo’lmagan taqdirda, ijro etilmagan tegishli ijro hujjati ish yurituvida mavjud emasligi haqida tugatuvchiga hamda Tizim orqali ro’yxatdan o’tkazuvchi organga xabarnoma yuborish. |
|
3 (uch) ish kunida |
|
|
|
|
|
|
|
11-bosqich |
|
Tugatuvchi |
|
Davlat soliq xizmati organi va Majburiy ijro byurosining xabarnomasi olingandan keyin tijorat tashkilotiningasosiy hisobvarag’i ochilgan tijorat bankiga uni yopish to’g’risida murojaat qilish va tijorat banklari tomonidan tijorat tashkilotiga tegishli bo’lgan hisobvaraq yopilganligi to’g’risida ma’lumotnomani olish. |
|
1 (bir) ish kunida |
|
|
|
|
|
|
|
12-bosqich |
|
Tugatuvchi |
|
Asosiy hisobvarag’i yopilgandan keyin davlat arxiviga tijorat tashkilotining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha buxgalteriya va boshqa hujjatlarini topshirish. |
|
3 (uch) ish kunida |
|
|
|
|
|
|
|
13-bosqich |
|
Ro’yxatdan o’tkazuvchi organ (Davlat xizmatlari markazi)
|
|
Barcha hujjatlar olingandan keyin Tizim orqali tekshirish hamda davlat reyestriga tijorat tashkiloti tugatilganligi to’g’risidagi yozuvlarni kiritish. |
|
2 (ikki) ish kunida |
|
|
|
|
|
|
|
14-bosqich |
|
Ro’yxatdan o’tkazuvchi organ (Davlat xizmatlari markazi) |
|
Qaror qabul qilingan kundan keyin uni tugatuvchiga berish yoki pochta orqali jo’natish. Davlat reyestriga kiritish rad etilgan taqdirda, tugatuvchiga ayni bir vaqtda olingan barcha hujjatlar, muhr va shtamplarni qaytarish. |
|
1 (bir) ish kunida |
|
|
|
|
|
|
|
15-bosqich |
|
Ro’yxatdan o’tkazuvchi organ (Davlat xizmatlari markazi)
|
|
Davlat reyestriga tijorat tashkiloti tugatilganligi to’g’risidagi yozuvlar kiritilgandan keyin davlat soliq xizmati va statistika organlarini Tizim orqali xabardor qilish. |
|
3 (uch) ish kunida |
|
|
|
|
|
|
|
16-bosqich |
|
Ro’yxatdan o’tkazuvchi organ (Davlat xizmatlari markazi) |
|
Ko’rsatilgan muddat o’tgunga qadar barcha hujjatlar to’liq taqdim etilmasa, ixtiyoriy tugatishni to’xtatish hamda davlat soliq xizmati va statistika organlariga ixtiyoriy tugatish to’xtatilganligi to’g’risida Tizim orqali xabar berish hamda yopilgan bank hisobvaraqlarini qayta tiklash. |
|
1 (bir) ish kunida |
Chet el investitsiyalari ishtirokidagikorxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish - VMQ-66-son 19.02.2017-yil
Chet el investitsiyalari ishtirokidagikorxonalarni tugatish - VMQ-704-son 21.08.2019-yil