Soliq nizolarini sudgacha hal qilish amaliyoti natijalari
20/11/2024
2024-yil 1-noyabr holatiga Soliq qo‘mitasiga jami 827,1 mlrd so‘mlik 198 ta soliq nizosiga oid shikoyat kelib tushgan.
Shundan:
soliq auditi bo‘yicha - 591,2 mlrd so‘mlik 130 ta;
sayyor soliq tekshiruvi bo‘yicha - 235,9 mlrd so‘mlik 68 ta.
Natijada:
63 mlrd so‘mlik 23 ta murojaatda(shundan, 18 tasi 50,5 mlrd so‘mlik qisman) soliq to‘lovchining pozitsiyasi qanoatlantirilgan;
643,2 mlrd so‘mlik 165 ta murojaat bo‘yicha soliq xizmati organlari qarorlari o‘z kuchida qoldirildi va bu haqda belgilangan tartibda tushuntirishlar berilgan;
120,9 mlrd so‘mlik 10 ta murojaat bo‘yicha o‘rganish davom etmoqda.