Davlat moliyaviy nazorati tizimini yanadatakomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 27.08.2021 yildagi PF-6300-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 14.02.2022 yildagi PQ-128-son
Vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatito‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 01.08.2022 yildagi 416-son
Ichki audit tadbirlarini o‘tkazish qo‘llanmasinitasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrug‘i, 27.12.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3406
________________________________________________________________________________________________________________________
Mablagʻlarining maqsadli sarflanishi nazorati kuchaytirilmoqda
Soliq qoʻmitasi tomonidan tizimli ravishda soliq xizmati tuzilmalarida byudjet va jamgʻarma mablagʻlarning maqsadli sarflanishi ustidan amaliy nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
Jumladan, qoʻmitaning Ichki audit boshqarmasi tomonidan 2024-yilning 9 oy davomida 27 ta soliq organi tuzilmalarida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlangan moliyaviy xato va kamchiliklarning 2 864,7 mln.soʻmi toʻliq bartaraf etildi.
Kamchiliklarga yoʻl qoʻygan xodimlarga nisbatan belgilangan tartibda intizomiy jazo choralari qoʻllanilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.
Kamchiliklarning oldini olishga qaratilgan raqamlashtirish ishlari reja asosida davom ettirilmoqda.
Shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligining yillik rejasiga asosan Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-avgustdagi 377-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari faoliyatini baholash tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq Soliq qoʻmitasining Ichki audit boshqarmasi faoliyati boʻyicha baholash oʻtkazildi.
Baholash natijasiga koʻra, Soliq qoʻmitasi Ichki audit boshqarmasining faoliyati 86,3 foiz baholandi (maks.100%).
Ichki audit boshqarmasi
Ichki audit boshqarmasining 2024-yil I yarim yillikdagi faoliyati toʻgʻrisida