2024-yil davomida soliq xizmati organlarini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish yuzasidan olib borilgan ishlar
1. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha koʻrilgan choralar
2024-yilda:
- salbiy holatlarni sodir qilmaslik yuzasidan 5 932 nafar xodim bilan alohida profilaktik tarbiyaviy suhbatlar oʻtkazildi;
- turli soliq tekshiruvlarini oʻtkazishga safarbar qilingan xodimlar bilan 37,1 ming suhbatlar oʻtkazilib, tilxatlar olindi;
- jami 2,5 mingga yaqin xizmat tekshiruvi va xizmat oʻrganishlari oʻtkazilib, aybdor xodimlarga nisbatan tegishli choralar koʻrildi.
Oʻtkazilgan xizmat tekshiruvi va oʻrganishlari yakuni bilan davlat byudjetiga 344,6 mlrd.soʻm soliq va toʻlovlar qoʻshimcha hisoblanib, shundan 120,1 mlrd.soʻm davlat byudjetiga undirildi.
Shuningdek, soliq xodimlari tomonidan 2 326 ta holatda aholidan 7 809,4 mln.soʻm soliqlarni undirishda xatoliklarga yoʻl qoʻyilganligi aniqlandi va toʻplangan materiallar xuquqiy baho berish uchun xuquq tartibot idoralariga yuborildi.
2. Huquqiy targʻibot-tashviqot tadbirlari
Soliq xizmati organing korrupsiyaga qarshi kurashish tuzilmalari tomonidan 2024-yil davomida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida bir qator targʻibot ishlari olib borildi.
Xususan, joylarda 2 440 dan ortiq uchrashuv va seminarlar oʻtkazildi. Shundan 941 tasi huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida boʻlib oʻtdi. Qolaversa, 2003 dan ortiq OAVlarida (87 ta radio, 124 ta telekoʻrsatuv, 61 ta nashr va maqolalar, 1 722 ta ijtimoiy tarmoqda) chiqishlar amalga oshirildi.
Bevosita Soliq qoʻmitasida oʻtkazilgan tadbirlar qoʻmitaning rasmiy veb saytida eʼlon qilib borildi.
Jazoni oʻtash muassasalarida saqlanayotgan sobiq soliq xodimlari (mahbuslar)dan maxsus intervyular olinib, Zoʻr TV telekanali mutaxassislari bilan hamkorlikda “Ishonch va Nafs chegarasi” nomli maxsus video film tayyorlandi.
Ushbu video film soliq xizmati organida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarga namoyish etilib, tegishli ogohlantiruv-profilaktik tadbirlar oʻtkazildi.
3. Inson omilini cheklash va raqamli texnologiyalardan foydalanish
Soliq toʻlovchilarga qulaylik yaratish, soliqqa oid hisob-kitob jarayonlarini soddalashtirish va iqtisodiyotda xufiyona aylanmalarni oʻz vaqtida aniqlash va oldini olishni taʼminlash maqsadida 2024-yilda 5 ta yangi axborot tizimi («Barqarorlik reytingi», “Soliq organlarida korrupsiya xavflarini boshqarish” “Soliq organlariga murojaatlar”, «Jismoniy shaxslar maʼmurchiligi», «Barcha tuzilmalar xodimlari faoliyatini baholash») ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi.
Bugungi kunda elektron soliq xizmatlari portalida soliq toʻlovchilarga 60 dan ortiq turdagi elektron xizmatlar koʻrsatilmoqda.
Jumladan, 2024-yil davomida interaktiv soliq xizmatlari portalida “Yollanma xodimlarning soliqlarini toʻlash”, “Filiallar roʻyxatini va matritsali shtrix-kod maʼlumotnomalarini shakllantirish”, “Jismoniy shaxslarning elektron hujjatlarini rasmiylashtirish”, “Oʻzini band qilganlarning soliq imtiyozlaridan foydalanish toʻgʻrisida murojaat”, YuShlarga oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan QQS summasini qaytarish va boshqa xizmatlar yangi xizmatlar ishga tushirildi.
2024-yilda “Soliq” mobil ilovaning yangi versiyasi ishlab chiqilgan boʻlib, bugungi kunda ushbu ilova orqali roʻyxatdan oʻtganlar 9,1 mln. nafarni, shundan faol foydalanuvchilar 4,7 mln. nafarni tashkil etmoqda. Ushbu ilova Play Market va App Store platformalari Moliya yoʻnalishidagi jami 198 ta mobil ilovalar reytingida bugungi kunda 3-oʻrinni egallab turibdi.
Ilovada 2024-yilda 7 ta yangi xizmat (“Soliq biznes”, “Tovar-transport yuk xati”, “Xabar yuborish”, “Fiskal modulga toʻlov”, “Komissioner shakllantirish”, “Barqarorlik reytingi”, “Mening uyim”) ishga tushirilib mobil ilova orqali koʻrsatiladigan xizmatlar soni 33 taga yetkazildi. Shuningdek “Mening profilim” paneli yaratilib, foydalanuvching shaxsiy maʼlumotlari ushbu panelga birlashtirildi.
4. Aloqa kanallari vositasidan foydalanish
Soliq qoʻmitasi tizimida xodimlar xatti-harakatlarining qonuniyligiga, odob-axloq normalariga rioya qilishga, shuningdek, korrupsiya va boshqa huquqbuzarlik holatlari sodir etilishini oldini olishga qaratilgan aloqa kanallari uzluksiz faoliyat yuritmoqda.
Soliq organining rasmiy veb-saytidagi “Ishon telefonlari”, Shaxsiy xavfsizlik tuzilmalarining telefon raqamlari, telegram ijtimoiy tarmogʻidagi “@dsq_anticorrupciya_bot” kanali, “Elektron soliq xizmatlari” portali va boshqa kanallari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻliq yangilandi.
Soliq xizmat organi xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan 2024-yil davomida kelib tushgan 393ta murojaat (114 tasi yozma, 120 tasi elektron, 159 tasi ogʻzaki), shuningdek, dsq_anticorrupciya_bot kanali orqali kelib tushgan 380 dan ortiq xabarlar koʻrib chiqilgan.
Kelib tushgan murojaatlarning tasdiqlanganlari boʻyicha xodimlarga tegishli choralar koʻrildi.
5. Xavf-xatarlarni baholash.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-son qarori bilan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisida Nizom” tasdiqlangan boʻlib, Nizomning 10-bandiga muvofiq, davlat soliq xizmati organlariga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda funksiyalar belgilab berilgan.
Qoʻmitaning Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi tomonidan 2024-yil may oyida vazifalardan kelib chiqqan holda 97 ta funksiya boʻyicha korrupsion xavf-xatar baholangan.
Amalga oshirilgan ishlar natijasi https://e-anticor.uz veb saytidagi “Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash moduli”gi kiritilgan.
Ushbu funksiyalardan 20 tasi boʻyicha xavf-xatarlar yuqori va oʻrta darajani tashkil etganligi sababli, ularni bartaraf etish boʻyicha 23 banddan iborat Dastur ishlab chiqildi hamda ijroga qaratildi.
6. Manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish
Soliq xizmati organlarining barcha tuzilmalarida manfaatlar toʻqnashuvi boʻyicha 2024-yil davomida rahbar va xodimlardan 9 150 ta deklaratsiyalar qabul qilindi.
Manfaatlar toʻqnashuvini aniqlash tizimi soliq xizmati organlarida toʻliq avtomatlashtirildi. Shuningdek, 2024-yil davomida xaridlar yoʻnalishida manfaatlar toʻqnashuvi aniqlanmadi.
2025-yil 1-yanvar holatiga soliq xizmati organlaridagi xodimlar oʻrtasida manfaatlar toʻqnashuvi mavjud emas.
7. Erishilgan natijalar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi PQ-81-son qaroriga muvofiq, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 95 ta davlat organi va tashkilotlarida 2023-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilgan ishlar samaradorligi reyting baholashdan oʻtkazildi.
Baholash natijalariga koʻra, 42 ta davlat organi va tashkilotlar samaradorlik koʻrsatkichlari, shu jumladan, Soliq qoʻmitasining natijalari ham “yaxshi” deb baholandi. Agentlik va ekspertlarning xulosasiga asosan Soliq qoʻmitasiga 82 ball bilan berildi.
Soliq organi oʻzining korrupsiyaga qarshi siyosatida belgilab olgan asosiy tamoyillaridan kelib chiqib, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini doimiy ravishda takomillashtirib boradi hamda korrupsiyadan holi davlat organi sifatida tan olinishi uchun barcha choralarni koʻradi.
Soliq qoʻmitasi Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi
2024-yilning 9-oyligi davomida soliq xizmati organlarinikorrupsiyadan holi tizimga aylantirish yuzasidan olib borilgan ishlar
Soliq xizmati organlarini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish yuzasidan olib borilgan ishlar
Ma’lumki, bugun qay bir sohaga nazar tashlamang, uning rivoji va ravnaq topishida ma’lum tartib-qoidalarga amal qilish va korrupsion holatlarning oldini olish asosiy mezon sifatida baholanadi.
Bu bejiz emas. Insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlaridayoq qabila boshliqlari yoki sardorlarga hadya berish va bu orqali iltifotga sazovor bo‘lish “an’anasi” mavjud bo‘lgan. Davlatchilik shakllangan davrlarda esa, hukmdorlar amaldorlardan ma’lum belgilangan (cheklangan) haq (maosh) evaziga faoliyat yuritishini talab qila boshlagach, mansab egalari o‘z daromadlarini yashirincha oshirishga harakat qilishgan. Bu korrupsion holatlarning dastlabki ko‘rinishi bo‘lib, bugungi kunda uning turlari va yuzaga keltiruvchi omillari bir qator o‘zgarishlarga uchradi.
Endilikda korrupsiya poraxo‘rlik, jamiyat iste’moli uchun mo‘ljallangan tovarlar va xizmatlarni o‘zlashtirish, qarindosh-urug‘chilik, o‘z ehtiyojlari yo‘lida qonun va qoidalarga ta’sir ko‘rsatish kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘lmoqda. Davlatimiz rahbarining mazkur holat yuzasidan bildirib o‘tgan “Halollik vaksinasi bilan emlash” to‘g‘risidagi fikrlari korrupsiyaning taraqqiyotga g‘ov bo‘layotgan illat ekanligidan dalolatdir.
Ishonch va nafs chegarasi
2024-yilning fevral-mart oylarida Soliq qoʻmitasining
markaziy apparati va hududiy soliq xizmati organlarida korrupsiyaga yoʻl
qoʻymaslik, soliq xizmati xodimlarining kasb odobi, soliq tekshiruvlarini
oʻtkazishda xolislik tamoyiliga rioya etishi mavzusida davra suhbatlari boʻlib
oʻtdi.
Tadbirda Soliq qoʻmitasi vakillari, viloyat soliq
boshqarmasi boshligʻi, xuquqni muhofaza qiluvchi organidan vakillar va shaxsiy
tarkibi hamda onlayn tarzda hududiy davlat soliq inspeksiyalari rahbar va
xodimlari ishtirok etdi.
Mazkur tadbir davomida, har bir davlat soliq xizmatchisi
xizmat vakolati doirasidan chetga chiqmasligi, jinoiy qilmishlar va boshqa
huquqbuzarliklar sodir etmasligi, zimmasiga yuklatilgan vazifasini vijdonan bajarishga
chaqirilib, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini
cheklash, ularning faoliyatiga noqonuniy aralashish, toʻsqinlik qilish bilan
bogʻliq noqonuniy harakatlar amalga oshirilgan taqdirda, unga jazo muqarrarligi
ham alohida taʼkidlab oʻtildi.
Har bir soliq idorasi vakiliga, soliq toʻlovchilar bilan
muloqot davomida korrupsiya va tamagirlik holatlariga yoʻl qoʻymaslik, ular
bilan xushmuomalada boʻlish, xizmat vakolatlari doirasidan oʻz shaxsiy manfaati
yoʻlida foydalanmaslik boʻyicha atroflicha tushunchalar berildi.
Mazkur
uchrashuvda Soliq qoʻmitasining soliq organida korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir
etib, jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahbuslar
bilan oʻtkazilgan suhbat jarayonlarini oʻzida aks etgan
hujjatli film namoyish etildi.
Har bir jinoyat uchun jazoning muqarraligini kech
tushunganligi haqida pushaymon boʻlib intervyu bergan sobiq soliq xodimlarining
ayanchli taqdiri aks etgan videorolik namoyishi – xodimlarda
jinoyatga jazo muqarrarligini his qilishda va ularda korrupsiyaga qarshi
murosasiz munosabatni shakllantirishda ijobiy samara berdi.
Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi
Hududiy soliq oganlarida korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, soliq xizmati xodimlarining kasb odobi, soliq tekshiruvlarini o‘tkazishda xolislik tamoyiliga rioya etishi mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatlaridan fotoloavhalar |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi |
Andijon viloyati |
Buxoro viloyati |
Jizzax viloyati |
Qashqadaryo viloyati |
Navoiy viloyati |
Namangan viloyati |
Samarqand viloyati |
Surxondaryo viloyati |
Sirdaryo viloyati |
Farg‘ona viloyati |
Xorazm viloyati |
Tadbirkorlik subyektlarning huquq va
manfaatlari qonun himoyasida
Soliq qo‘mitasida navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etilgan o‘quv-seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sybyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni xodimi M.Miralimov ishtirok etdi.
Seminarda “Tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik, qonunga xilof ravishda aralashganlik hamda tadbirkorlik subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga qarshi boshqa huquqbuzarliklar” hamda “Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va tadbirkorlik sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar” mavzularida ma’ruzalar o‘qildi. 2023-yil 22-dekabr
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mutaxassisi Ravshan Yuldashev ishtirokida oʻquv-seminar. Mavzu: Korrupsiyaga yoʻl qoʻyganlik uchun javobgarlik, Respublikada korrupsiyaning oldini olish yuzasidan olib borilayotgan ishlar. 2023-yil 27-oktabr
Korrupsiyaga qarshi kurashish – har bir soliq xodimining muhim vazifasi
Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida joriy yilning 15-17-oktabr kunlari soliq tizimida korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik, soliq xizmati xodimlarining kasb odobi, soliq tekshiruvlarini oʻtkazishda xolislik tamoyiliga rioya etishi mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy
masʼuliyat har bir davlat soliq xizmatchisining burchidir