2024-yil yanvar-oktabr oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 81 236 ta murojaat kelib tushgan.
Shundan:
Murojaatlarning 44 967 tasi takroriy boʻlganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotganligi sababli ko‘rib chiqilmagan.
Murojaatlar asosida 30 843 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 99 % holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.
Huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 28 116 ta holat boʻyicha (undirilgan jarima summasidan 20%) 18,7 mlrd soʻm mukofot to‘langan.
Sayyor soliq tekshiruvlari boshqarmasi