Soliq qo‘mitasi veb-resurslari faoliyatini optimallashtirish va Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi serverlari yuklamalarni qabul qilish imkoniyatini oshirish maqsadida 25-mart soat 20:00 dan 23:00 gacha profilaktika ishlari olib boriladi.
Ushbu davr mobaynida soliq organlarining elektron xizmatlari vaqtinchalik ishlamaydi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun 1198 raqami orqali 24/7 rejimda faoliyat olib boruvchi call-markazga murojaat qilish mumkin.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari departamenti