Fakt 24-dekabr holatiga: turoperator va mehmonxonalarga 206,7 mln so'm QQS keshbek berildi.
2024-yil 1-oktabrdan litsenziyaga ega bo‘lgan turoperator va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga to‘langan QQSning 20% qaytariladi.
Talablar:
QQS hisobot davrida turoperatorlik yoki mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha umumiy tovar aylanmasi (EHF, chek) jami tovar aylanmasining 90 %idan kam bo‘lmaganda;
hisobot davrida hisoblangan soliq budjetga to‘liq to‘langanda;
turoperatorlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarning ko‘rsatilgan xizmatlar uchun chet el valyutasidagi tushumlari barcha tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumning kamida 80%ini tashkil etganda, to‘langan QQSning bir qismi qaytariladi.