Toʻqimachilik sanoat zonalari direksiyalari va ularda tashkil etiladigan korxonalar ayrim soliqlardan ozod etiladi
03/05/2024
“Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
2026-yil 1-yanvarga qadar toʻqimachilik sanoat zonalari direksiyalari va ularda tashkil etiladigan korxonalar quyidagi soliqlardan ozod etiladi:
mol-mulk soligʻi;
yer soligʻi;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.
2024-yil 1-maydan 2026-yil 1-maygacha barqarorlik reytingida “A” va undan yuqori toifada boʻlgan toʻqimachilik va tikuv-trikotaj yoʻnalishidagi tadbirkorlarda:
soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi (jinoiy ishlar doirasida oʻtkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno),
QQS summasi oʻrnini qoplash (qaytarish) 1 kun muddatda tekshiruvlarsiz amalga oshiriladi.