Markaziy apparat
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq boshqarmasi
Soliq qo‘mitasida suv va alkogolsiz ichimliklar bozori vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, unda raqamli markirovkalash masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda Soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari A.Fayzibayev, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi raisi oʻrinbosari U.Safarov, Oʻzbekiston alkogolsiz ichimliklar va sharbatlar ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi vakillari, shuningdek, soliq organlari bilan qayta aloqa tizimi orqali ariza yuborgan tadbirkorlar ishtirok etdi.
Oʻzbekistonda 200 ga yaqin suv va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi va 260 ga yaqin importyor korxonalar mavjud.
Alkogolsiz ichimliklar va sharbatlar ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi tarkibiga 9 ta ishlab chiqaruvchi korxonalar kiradi. Joriy yilning mart oyidan boshlab ular oʻz mahsulotlarini raqamli markirovkalashni boshladi.
Assotsiatsiya vakillari yuqori texnologiyali ishlab chiqarish liniyalarida mahsulotlarni raqamli markirovkalashda duch kelayotgan texnik qiyinchiliklar haqida gapirdi.
Ayrim texnik masalalar boʻyicha markirovkalash tizimi operatori vakillari, shuningdek, markirovkalash uskunlarini yetkazib beruvchilar tomonidan tushuntirish berildi.
Biznes vakillari tayyor markirovkalangan mahsulotlarni agregatsiyalash tizimini joriy etishni yana bir bor kechiktirish taklifini berdi (hukumat tomonidan 2 yillik muddat berilganiga qaramay).
Soliq qoʻmitasi va Savdo-sanoat palatasi rahbariyati assotsiatsiya tomonidan bildirilgan har bir masalani atroflicha oʻrganib chiqish boʻyicha ishchi guruh tuzish va uning natijalari yuzasidan bozor ishtirokchilari uchun tegishli xulosa va hukumatga takliflar tayyorlash toʻgʻrisida qaror qildi.
Shu bilan birga, 30 dan ortiq korxona agregatsiya tizimini muvaffaqiyatli ishga tushirganini inobatga olgan holda, Soliq qo'mitasi 2024-yil 1-dekabrgacha agregatsiya tizimini ishga tushirish bo'yicha barcha tadbirlarni to'liq yakunlash, shuningdek EHFda markirovka kodlarini aks ettirish orqali tovarlarni kuzatib borish jarayonlarini joriy etish zarurligi haqida ma'lum qildi.
Eng muhim yangiliklarni birinchi bo'lib olishni xohlaysizmi? Bildirishnomalarga obuna bo'ling!