Soliq qo‘mitasi tomonidan joriy yilning 1-noyabrdan 29-noyabrga qadar soliq xizmati xodimlari orasida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirishga qaratilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” deb e’lon qilingan.
Ushbu oylik doirasida Andijon viloyati soliq boshqarmasida bitiruvchi yoshlar o‘rtasida "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazildi.
Tadbirda Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti iqtisodiyot fakulteti, buxgalteriya hisobi va audit yo‘nalishining bitiruvchi bosqich talabalari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida soliq xodimlari talaba yoshlarni ish jarayoni bilan yaqindan tanishiirib o‘tishdi. Soliq ma’murchiligini tashkil qilish, mahallabay va korxonabay ishlash tizimi, amaldagi dasturlar yig‘ilganlarda katta taassurot uyg‘otdi.
Tadbir so‘nggida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ham batafsil javob oldilar.
Andijon viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati