2024-yil 25-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining “2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 455-sonli qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining jami daromadlari prognozi 2025-yil uchun 308 546,9 mlrd so‘m etib belgilandi. Jumladan:
Quyidagi soliq turlari bo‘yicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismi Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetida quyidagi miqdorlarda qoldirilmoqda:
Mazkur qarorning 4-ilovasida ko‘rsatilgan yirik soliq to‘lovchilar tomonidan to‘langan soliqlar bundan mustasno.
2025-yil uchun quyidagi quyidagi soliq stavkalari tasdiqlandi:
A) “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati”AJ uchun foyda solig‘i:
- Soliq solish bazasining, tovar (xizmat) realizatsiya qilishdan tushgan tushumning 15 foiziga teng miqdordagi qismiga – 15 foiz;
- Soliq solish bazasining qolgan qismiga – 50 foiz.
B) Yer qaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha quyidagi miqdorlarda:
- Navoiy kon-metallurgiya kombinati”AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati”AJ uchun oltin bo‘yicha – 10 foiz va palladiy, kumush, mis bo‘yicha – 15 foiz;
- “Navoiyuran” AJ uchun uran bo‘yicha – 16 foiz;
- “Ozbekneftgaz”Aj uchun neft, tabiiy gaz va gaz kondensati bo‘yicha – 15 foiz
V) Oltindan yasalgan zargarlik buyumlarini chakana savdoda sotganlik uchun yig‘im 1 grammiga 2 000 so‘m miqdorida.
2025-yilda uy-joy fondining ko‘chmas mulk obyektlariga, shuningdek, ular egallab turgan yer uchastkalariga nisbatan:
- 2018-yilda belgilangan kadastr qiymati asosida hisoblangan jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi 2024-yil uchun hisoblab chiqarilgan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi;
- Jismoniy shaxslardan undiriladigan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yer solig‘i summasi 2024-yilda hisoblab chiqarilgan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi belgilandi.
Mustaqil baholash o‘tkazilgan va soliq organlariga taqdim etilgan, shu jumladan, o‘tgan ikki yilda o‘tkazilgan mustaqil baholash natijalari jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati va daromad olish uchun mo‘ljallangan yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari 2025-yil uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bazasi sifatida e’tirof etiladi.
Bunda soliq soliq to‘lovchilar 2025-yil aprel oyiga qadar mustaqil baholashni o‘tkazish bo‘yicha soliq organlarini xabardor qilishi lozim.
Soliq solish metodologiyasi departamenti