Soliq qoʻmitasi uchun bu yil samarali mehnat va jamoaviy yutuqlarga boy bo‘ldi. Xodimlarimiz sogʻlom turmush tarzini odatga aylantirishi esa yutuqlarning muhim bir qismi hisoblanadi.
Kuni kecha sport sinovlarining ixtiyoriy, maxsus talablarini bajarib g'olib va sovrindor boʻlgan 8 nafar soliq xodimlari taqdirlandi.
Ularga I, II va III darajali "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" koʻkrak nishonlari topshirildi.
Bu esa jamoamiz uchun chinakam faxr va g'ururdir.
Ushbu yutuq nafaqat xodimlarning salomatlikka boʻlgan eʼtibori, balki davlat xizmatida yuqori natijalar koʻrsatishga intilishlarini ham ifodalaydi.
Siz ham jismoniy faollikni odatga aylantiring! Zero, sport sog‘liq garovi.