Bayramingiz muborak boʻlsin, Vatan himoyachilari!
Hurmatli Vatanimiz qalqonlari, mard va jasur oʻgʻlonlari, Sizlarni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etaman!
Oʻz hayotini ona yurt himoyasidek ulugʻ ishga bagʻishlagan Siz, azizlarga yuksak hurmat va ehtiromimni izhor etaman.
Olijanob xalqimiz muqaddas qasamyodiga sodiq, xizmat burchini sharaf bilan ado etayotgan, buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari boʻlgan bahodir va dovyurak harbiylarimiz bilan faxrlanadi.
Vatanimiz mustaqilligi va suverenitetini, uning hududiy yaxlitligini taʼminlash, eng qimmatli boyligimiz – jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik va totuvlikni koʻz qorachigʻidek asrab-avaylash naqadar muhim ahamiyatga ega ekanini barchamiz albatta chuqur anglaymiz.
Oʻzbekistonimiz tinchligi va sarhadlari daxlsizligini saqlab kelayotgan Sizlar kabi qalqonlarimiz bor ekan Vatanimiz mustaqilligi abadiy, demokratik islohotlarimiz bardavom boʻladi.
Sizlarni, sizlar orqali oila aʼzolaringizni ushbu bayram bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman. Barchangizga mustahkam sogʻliq, oilaviy baxt, olijanob va masʼuliyatli xizmat vazifangizda ulkan zafarlar tilayman.
El-yurtimizning yuksak mehri va ishonchi Sizlarga doimo yor boʻlsin!
Soliq qoʻmitasi Raisi,
Sherzod Kudbiyev