Avvalroq yuqori likvidli tovarlarga qatʻiy oʻlchov birliklari biriktirilgan edi.
Soliq toʻlovchilarning fikr-mulohazalarini bilish maqsadida oʻtkazilgan tezkor soʻrovnoma natijalari shuni koʻrsatadiki, benzin, dizel yoqilgʻisi va propanni realizatsiya qilish jarayoni oʻziga xos xususiyatlarga ega.
Shu munosabat bilan yuzaga kelayotgan muammolarni muhokama qilish maqsadida Soliq qoʻmitasida yoqilgʻi sotish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv yakunlari bo'yicha AYQShlarga benzin, dizel yoqilg'isi va propanni EHFda realizatsiya qilishda o'lchov birligi sifatida "litr"dan foydalanish imkoniyati berildi.